“Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari kengashlari ishini tashkil etish tajribasi joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi va vazifasi - aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat o‘rganish, balki ularni ta’minlashdan iborat”. (Mirzioyev Sh. M Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T., “O`zbekiston”, 2016 25-bet) “Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi.
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu Bosh vazir yoki uning
o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lib qolishi kerak”.
( Mirziyoyev Sh. M Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. T., “O`zbekiston”, 2017 6-bet) “Eng asosiy ustuvor vazifa - «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g`oyani izchillik bilan