O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

"Mafkuraviy kurash" tushunchasi turli g‘oyaviy qarashlar, yondashuvlar, xilma-xil 
maslak va maqsadlarga ega ijtimoiy subyektlar o‘rtasida  yuzaga keladigan, qarama-qarshilikka 
asoslangan  munosabatni  ifodalaydi.  U  yangi,  shakllanayotgan  g‘oyalar  bilan  o‘z  «vazifasini» 
bajarib bo‘lgan mafkura yoki uning qoldiqlari o‘rtasidagi munosabat shaklida ham sodir bo‘lishi 
mumkin. Shu bilan birga, mafkuraviy kurash muayyan g‘oyalarni singdirish yoki himoya qilish 
jarayonini ham anglatadi.  
Mafkuraviy  kurashning  manbaini  o‘z  mazmun-mohiyatiga  ko‘ra,  bir-biridan 
farqlanuvchi turli g‘oyaviy qarashlar sohiblarining manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar tashkil etadi. 
Demak,  mafkuraviy  kurash  sodir  bo‘lishi  uchun  turli  ijtimoiy  subyektlar  mavjudligining  o‘zi 
yetarli  emas.  Bunday  kurash  ularning  manfaatlari  bir-biridan  farqlanuvchi  g‘oyaviy  shakl  kasb 
etgan, sodda qilib aytganda, mafkuraviy ziddiyat mavjud bo‘lgandagina real xarakter kasb etadi. 
Shundagina  mafkuraviy  jarayonlar  jamiyat  rivojlanishini  ta’minlashning  zaruriy  sharti  sifatida 
o‘zligini  namoyon  qiladi.  Kishilar,  ijtimoiy  guruhlarning  bir-biridan  farqlanuvchi  ehtiyoj  va 
                                                 
27
 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr 6o‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari // Xavfsizlik va 
barqaror taraqqiyot yo‘lida. T.6. -T.: O‘zbekiston, 1998. -B.160. 


manfaatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mazkur holatlar biron-bir jamiyat yoki 
davlat  yangilanayotganida,  bir  bosqichdan  boshqasiga  o‘tayotganida  yaqqol  namoyon  bo‘ladi. 
Bunday holda mafkuraviy kurash quyidagicha yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin: 
1)  o‘z  umrini  o‘tab  bo‘lgan,  yangi  zamon  talablariga  javob  bera  olmay  qolgan  mafkura, 
g‘oyalar tizimi yoki g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarga qarshi faoliyat; 
2)  muayyan millat, jamiyat va davlat uchun begona hamda yot bo‘lgan, chetdan turib, turli 
maqsadlarda,  xilma-xil  vositalar  orqali  joriy  etishga  harakat  qilinayotgan  g‘oya  va 
mafkuralarga nisbatan amalga oshiriladigan harakat, chora-tadbirlar majmui; 
3)  asl  maqsadlari  xalq  va  jamiyatning  umumiy  manfaatlariga  zid  bo‘lib  qolgan  ichki 
kuchlar, konservativ subyektlarga xos g‘oya va mafkuraviy qarashlarga qarshi kurash; 
4)  yangi jamiyat va yangi davlat barpo etish, hayotda tub o‘zgarish va islohotlarni amalga 
oshirishga  xizmat  qiladigan  g‘oyalar  hamda  mafkuraviy  tizim  shakllanishi  uchun  olib 
boriladigan faoliyat va boshqalar
28

Muayyan guruh, xalq, jamiyatni mafkuraviy ta’sir doirasiga tortishni asosiy maqsad 
qilib  olgan  g‘oyaviy  kurash  tamoyillari  hamda  ularni  turli  yo‘llar  va  usullar  bilan  amalga 
oshirishga urinishlar hamma vaqt bo‘lgan. Tarixga nazar tashlasak, bu jarayon jamiyat rivojlana 
borishi bilan birga chuqurlashib, keng qamrovlilik kasb etib borganini ko‘ramiz. Masalan, hozirgi 
davrda mafkuraviy kurash o‘zining qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ko‘rish mumkin. 
Eng avvalo, mafkuraviy kurash va o‘zgalarga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish jarayoni tezkor 
va  katta  shiddat  bilan  kechayotganini  qayd  etish  zarur.  Bu  shiddatlilik  muayyan  mafkuraviy 
qadriyatlarni  yashin tezligida ommalashtirish, tarqata olish imkoniyatini  yaratgan, Yer yuzining 
turli  burchaklarida  dunyoga  kelayotgan  g‘oyalarni  millionlar  dunyoqarashining  uzviy  qismiga 
aylantirayotgan  matbuot,  radio,  televideniye,  Internet  kabilarning  taraqqiyoti  tufayli  sodir 
bo‘lmoqda. 
Shu bilan birga, mafkuraviy kurash jarayoni oldingidan ham keng qamrov kasb etib 
bormoqda. Bu jarayonga ijtimoiy hayotning barcha sohalari, aholining turli qatlamlari tortilganida 
yaqqol  ko‘rinadi.  Bu  jarayon  shunchalik  kuchliki,  bugungi  kunda  dunyo  hududining  biror-bir 
joyini mafkuraviy ta’sirdan tashqarida tasavvur qilish qiyin. 
Bunday  sharoitda  milliy  xavfsizlikni  ta’minlash,  uning  turli  yo‘llari,  vositalari  va 
usullari  imkoniyatlaridan  foydalanish  muhim  ahamiyatga  ega.  Mafkuraviy  jarayonlar 
globallashuvi sharoitida shaxs, millat, jamiyat, davlatni xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan 
g‘oyaviy  kurash  va  tajovuzlar  ta’siridan  himoyalash,  sodda  qilib  aytganda,  mafkuraviy 
xavfsizlikni  ta’minlash  dolzarb  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  jamiyat 
ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan 
g‘oyalar  tizimini  shakllantirish,  uni  muttasil  mustahkamlab  borish,  fuqarolarda  mafkuraviy 
immunitetni shakllantirish nuqtai nazaridan ham muhimdir. 
Hozirgi    vaqtda    ko‘z    o‘ngimizda    dunyoning    geopolitik,    iqtisodiy    va    ijtimoiy,  
axborot-kommunikatsiya  manzarasida  chuqur  o‘zgarishlar  ro‘y berayotgan,  turli  mafkuralar  
tortishuvi  keskin  tus  olayotgan  bir  vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin