O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim



Yüklə 243,08 Kb.
səhifə1/6
tarix17.05.2023
ölçüsü243,08 Kb.
#114948
  1   2   3   4   5   6
SAIPOVA NIGORA





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM
______________________ FANIDAN

NAZORAT ISHI

Guruh: ________

Bajardi: _______________
Qabul qildi:____________

Toshkent 2023




Oraliq nazorat savollari

  1. Soliq ma’muriyatchiligi asosiy yo’nalishlari: soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishning o’ziga hos xususiyatlari.

  2. Soliq ma’muriyatchiligi yanada takomillashtirish maqsadida soliq organlarini modernizatsiyalashning asosiy yo’nalishlari.

  3. Ortiqcha to’langan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarishning o’ziga xos xususiyatlari.


Davlatning soliq siyosati uning iqtisodiy—moliya siyosatining ajralmas tarkibiy qismidir va unga bog’liq holda olib boriladi, chunki soliq munosabatlari moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir.
Soliq siyosati davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish, qonun, farmon va qarorlar ijorosini ta‘minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo’ladi va uni amalga oshiradi.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqish moliya — iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalangan, erkin bozor iqitisodiyotini boshqarishga har tomonlama tag’sir ko’rsatadi.
Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarningtarkibiy qismi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarilishi lozim.
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlariga katta e‘tibor berilishini alohida ta‘kidlash lozim:
1. Har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni har tomonlama bozor munosabatlariga kirib borishiga yordamlashish.
2. Umumdavlat ijtimoiy zaruriy vazifalarni bajarish uchun davlatni zarur bo’lgan moliyaviy manbalar, mablag’lar bilan ta‘minlash.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlikni bartaraf etish, ishsizlarni ish bilan ta‘minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish.
4. Aholi turmush darajasini zaruriy me‘yorda saqlab turish imkonini izlash va ta‘minlash.
Soliqlardan kompleks foydalanish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishga, xo’jaliklar va aholini tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga va pulning qadrsizlanish jarayonini (inflyatsiyasini) jilovlab turishga imkon beradi. Pulning qadrsizlanishiga qarshi choralar ko’rish kam sarflab, topilgan daromadaarga soliq progressiyasini oshirish bilan ham amalga oshiriladi.
Soliqlar davlat faoliyatlarining moliyaviy manbai bo’lganligi tufayli soliq siyosatini ishlab chiqishning tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o’z qo’lidagi butun kuchini, idoralarni jalb qilib, uni ishlab chiqadi.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi mo’ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqishi va rivojlanish tarixini chuqur o’rganishi lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo’lishi, yirik amaliyotchi mutaxassislar va jamoatchilik o’rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu yerda hech qachon bir sohaning mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha mutaxassislari o’z manfaatlarini ko’proq ko’zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko’ra olmasliklari yoki bila olmasliklari mumkin.
Shunday ekan, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni to’liq hayotga tatbiq qilishning tashkilotchilik va boshqaruvchilik rolini bajaradi. Davlatning soliq siyosatini faol yuritish bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tish va uning munosabatlarini har tomnlama rivojlantirishning muhim omilidir.
Hozirgi davri soliq siyosatining asosini Respublikamiz Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va jahon amaliyotida tan olingan iqtisodiy taraqqiyotning besh tamoyili tashkil etadi. Ana shu tamoyillarga tayangan holda respublikamizda soliq sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan soliq siyosatining ikki yo’nalishi mavjud bo’lib, ular quyidagilar hisoblanadi.
1. Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularni moliyaviy mustaqilligi, erkin baho belgilashlariga to’sqinlik qilmaslik va byudjetga soliq to’lovlari belgilanayotganda faqat demokratik asosda soliqlarni undirishny tashkil etish zarurdir. Hozirgi vaqtda soliqlar bir tomondan korxonalarda taqchil, eksportbop, raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni ko’paytirishga, ikkinchi tomondan tovar bahosini oshirib sotgan hodda mehnatsiz yoki kam mehnat bilan topilgan daromadlarni cheklashga qaratilmog’i zarur.
2. Soliq siyosatida aholining turli xil guruhlariga nisbatan xilma -xil yondashish zarurdir. Nochor, kam ta‘minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko’proq imtiyozlar berish va kam kuch sarflab ko’p daromad oluvchi yoki boshqa yengil daromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq stavkalarini qo’llashdan iboratdir.
Soliq siyosatini amalga oshirishda uning strategiyasi va taktikasining asoslangan bo’lishiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Soliq strategiyasi uzoq yillarga mo’ljallangan, soliq munosabatlaridagi muhim yo’nalishlar bo’yicha chora - tadbirlarning majmuasini ko’rsatuvchi uzoq yillik rejadir.
Soliq taktikasi esa soliq strategiyasining har bir ma‘lum davr (yil, chorak) da amalga oshirilshi lozim bo’lgan aniq tadbiriy choralar ko’rsatiladigan qisqa mudldtli rejadir. Taktika strategiyadan kelib chiqishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning mazkur qarori bilan «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi» ham ma'qullangan.
Strategiyaning asosiy vazifalari etib qo‘yidagilar belgilab olinmoqda:
· Davlat budjetiga soliq tushumlarining barqarorligini ta'minlash;
· soliq organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish va soliq ma'muriyatchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifatini yaxshilash;
· barcha toifadagi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy ravishda bajarish asosida ularning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni yaratish;
· soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish, barcha toifadagi tadbirkorlik sub'yektlariga qulay sharoitlarni ta'minlaydigan transparent va barqaror soliq tizimini shakllantirish;
· soliq to‘lovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida «inson omili»ni hamda korrupsiya holatlarining salbiy ko‘rinishlarini kamaytirish imkonini beradigan tavakkal-tahlil va masofaviy tahliliy ishlar tizimi asosida soliq nazorati tizimini shakllantirish.
Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib Soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini qisqartirish, jumladan, 2021 yilga kelib jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lovchilarni 1,5 baravar, QQSni to‘lovchilarni 2 baravar hamda resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i to‘lovchilarni 2 baravar ko‘paytirish; Xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish; Soliq tavakkalchiliklarini baholash tizimini joriy qilish va soliq hisobini takomillashtirish; Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish; Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini rivojlantirish belgilanmoqda.
Strategiyadan kutilayotgan natijalar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar sur'ati o‘sishiga erishish, soliq tekshiruvlari sonini qisqartirish, soliqlarning undirilish darajasi oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi pozitsiyalari, ishbilarmonlik faolligining indeks ko‘rsatkichlari yaxshilanishi ham bor.
Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimini bir-biridan farqini bilish zarur. Soliqlar tizimi mohiyati jihatdan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillar yig’indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani o’z ichiga oladi. U asosan soliq undirishni tashkil etish masalalarini o’rgatadi. Bu tizimning roli va tuzilishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta‘rif soliq tizimini keng ma‘noda tushunish demakdir.
O’zbekiston Respublikasi Soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimidan iborat.
Soliq Kodeksining 23-moddasida e‘tirof etilganidek, O’zbeksiton Respublikasi hududida amal qiladigan soliqlarni va majburiy to’lovlarni quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish mumkin.
Soliqlar soliq solish ob‘ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar.
2. Daromaddan olinadigan soliqlar.
3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.
4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Yüklə 243,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin