O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich
9.5.-rasm. Tovarning hayotiylik davri mobaynida uning sotilishi va foydaning tavsifi
Tovarning hayotiylik davri bosqichlarini to‘laroq tushuntirishga harakat qilamiz.
Tadqiqotlar va tovarning yaratilishi bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin – g‘oyalar, ishlanmalar ko‘rinishida boshlanadi. Yuqorida keltirilgan rasmda bu bosqichga tartib raqami qo‘yilmagan, chunki hali tovarning o‘zi mavjud emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar marketing yordamida iste’molchining mazkur mahsulotga muhtojligini, potensial iste’molchilar kimlar bo‘lishini va g‘oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo‘ljallash mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial iste’molchilarga yangi g‘oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini tushuntirib berishdan iborat.