O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Doimiy mijozlarni rag‘batlantirish. Pul yoki boshqa chegirmalar sotuvchi yoki ularning guruhi tomonidan mutanosib holda belgilanadi.
Bepul sinab (sotib) ko‘rish. Keyinchalik sotib olinishini hisobga olib, tovarni bepul sinab (totib) ko‘rishni taklif etish
Kafolatlar. Sotuvchining tovar ma’lum vaqt davomida iste’molga yaroqliligi va aks holda sotuvchi tovar sifatini tiklashi yoki sotib olgan xaridorga pulni qaytarishi haqida yozma yoki og‘zaki kafolati
Qo‘shma rag‘batlantirish. Ikki yoki undan ortiq savdo markalari (kompaniyalar) ta’sir etishni kuchaytirish uchun kuponlar, kompensatsiyalar yoki tanlovlar taklif etib birlashadilar.
Kesishgan rag‘batlantirish. Bitta savdo markasi boshqa, raqobatlashmaydigan markadan ilgarilash uchun foydalanadi.
Savdo joyida ekspozitsiyalar va namoyishlar. Tovarlarni sotib olish va sotish joylarida o‘tkaziladigan savdo ekspozitsiyalari (stendlari) va namoyishlar