O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə54/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Mikrodarajada marketing ishlab chiqaruvchi va iste’molchini o‘rganish uchun dasturlar yaratiladi. Mikromarketing (ingl. Micromarketing)iste’mol bozorining alohida geografik, demografik va psixografik segmentlariga yo‘naltirilgan marketing dasturlari ishlab chiqilishi, mahsulotlar ishlab chiqarilishi, firma bozor strategiyalari va reklama kompaniyalari borasidagi aniq maqsadga qaratilgan marketing sa’y-harakatlari.

Mikromarketing – «ma’lum bir kompaniya tomonidan iste’molchilarning xohish va istaklarini qondirgan holda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq harakatlar majmuasidir». Fransuz olimi J.J. Lamben bozor iqtisodiyoti sharoitida makromarketingning ahamiyatini yanada batafsilroq ochib berib, uni iqtisodiy demokratiyaning muhim omili sifatida talqin qiladi. Aynan makromarketing iste’molchini birinchi bo‘lib eshitadi va iste’molchi talabidan kelib chiqib, investitsiyalarni, innovatsiyalarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltiradi. Makromarketing hozirgacha nazariy jihatdan bahs — munozaraga sabab bo‘lgan muammo hisoblanadi. 1960 – yilgacha turli marketing yo‘nalishlari o‘z diqqat – e’tiborini makromarketing muammolariga qaratdi. Tashqi muhit o‘rganilmagan holda sotuv va iste’molchi bilan munosabatlar o‘rnatildi. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi jamiyatning ehtiyoj va talablarini yuqori darajada o‘rganish muhimligiga urg‘u berdi. AQShda o‘sha davrda marketingni jamiyatning bir faoliyati turi, deb ham qarashgan (R. Xollovey, Dj. Fiska, R. Xinkok va b.).




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin