O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə2/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

UO‘K: 339.5:339.138

KBK: 65/290-2ya73

ISBN 978-9943-13-591-8 © «IQTISOD-MOLIYA», 2015

© F.T. Bаzаrova, 2015.



KIRISH

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot qaror topdi. Jamiyat hayotida bozor munosabatlari va bozor iqtisodiyotining amal qilishi haqidagi bilimlarga talab va qiziqish sezilarli oshdi. Hayotning o‘zi bozor haqida bilimlarni o‘zida jamlagan va shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan uyg‘unlashgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishni kun tartibiga qo‘ydi. O‘quvchilar hukmiga taqdim etilayotgan “Marketing” fanidan mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti talabalariga uzoq yillardan buyon o‘qitib kelinayotgan “Marketing” o‘quv kursi doirasida shakllangan ma’ruzalar va o‘quv-uslubiy ishlanmalarga tayangan holda va soha mutaxassislari, fanni o‘rganuvchilarning bildirgan fikrlarini hisobga olgan holda tayyorlangan.




O‘quv qo‘llanmaning tarkibi marketing fani va undagi bilim va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan puxta o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib shakllantirilgan. Shuningdek, jahondagi yetakchi mutaxassislar va darsliklarda qabul qilingan mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan. Har bir mavzuda uning o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga qaratilgan takrorlash savollari, amaliy topshiriqlar, tayanch iboralar elementlari keltirilgan. Bozorni o‘rganish, undagi qonuniyatlar, tendensiyalar va yuzaga kelgan vaziyatlarni yoritish uchun o‘quv qo‘llanmada jadval, diagramma, grafik, rasm va amaliy elementlardan keng foydalanilgan. “Marketing” o‘quv kursini chuqurroq o‘zlashtirish uchun o‘quv qo‘llanmada o‘rganuvchilar e’tiboriga asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya qilingan.

O‘quv qo‘llanma kitobxonlar keng ommasini, birinchi navbatda talabalar, mutaxassislar, umuman bozor haqidagi bilimlar bilan qiziquvchilarni marketing sohasidagi muhim nazariy tushunchalar va amaliy xatti-harakatlar bilan yaqindan, batafsilroq tanishtirishni ko‘zlagan.

Har bir mavzuni yoritishda marketing sohasida shakllangan nazariy bilimlar va jahon tajribasini milliy iqtisodiyot bilan bog‘lashga harakat qilindi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida qabul qilingan marketing sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Davlat statistika qo‘mitasining davriy statistik to‘plamlaridan foydalanildi.

O‘quv qo‘llanmani yozish jarayonida uning mazmuni Toshkent moliya institutida o‘qitilib kelayotgan ta’lim yo‘nalishlarida amalda bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirildi. Jumladan, mazkur o‘quv qo‘llanma institutning bakalavriat bosqichidagi 5230200“Menejment”, 5230300-“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Muhtaram o‘quvchi, qo‘lingizdagi kitob marketing o‘quv kursi bo‘yicha tayyorlanganlik o‘quv qo‘llanmalaridan biri bo‘lganligi sababli ayrim kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi tabiiy. Shuning uchun muallif kitobning tuzilishi va mazmuni bo‘yicha bildiriladigan xolisona mulohaza va takliflarni bajonu dil qabul qiladi va ularni kitobning kelgusi nashrlarini tayyorlashda albatta e’tiborga oladi.





Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin