Internet marketing — internetda auditoriya javobini olish uchun reklamaning barcha aspektlaridan foydalanish amaliyoti. Bunga internet tarmog‘ida ishlashning ijodiy va texnik aspektlari, jumladan, dizayn, reklama va marketing. Shuningdek, internet marketing usullariga izlash tizimlari marketingi, banner reklamasi, e-mail marketing, yashirin marketing, interaktiv reklama va boshqalar kiradi.
Internet-marketing— internet tarmog‘iga asoslangan va foydalaniladigan onlayn marketingi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish — iste’mol tovarlari va xizmatlari marketingida qo‘llanadigan qonunchilik hujjatlari va xulqatvor kodekslari.
Ite’molchilarning xaridorlik layoqati— barcha majburiy to‘lovlar to‘lagandan va barcha majburiyatlarni bajargandan keyin iste’molchi ixtiyorida qoladigan pul mablag‘i.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi — sanoat iste’molchisiga sarf-xarajatlarni kamaytirishga va mehnat unumdorligini oshirishga imkon beruvchi ishlab chiqarish vositalarining yangi turlarini izlab topishga yo‘naltirilgan marketing.