Global muammolar bu umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog‗liq,
hozirgi zamon muammolaridir. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan
iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning
umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin:
Birinchidan, xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global
muammolar – jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning
mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7
rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar
orasidagi tafovut g‗oyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik
qadriyatlar rivojlangan bo‗lsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid
bo‗lgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo
bo‗ldi. Buni terrorchilik, ekstremizm ko‗rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi.
Ikiknchidan, Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulgan global
muammolar – jahon xo‗jalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti
7
Глобалистика: Международный междисциплинарный энциклопедический словарь./Гл.ред. И.И.
Мазур, А.Н. Чумаков.
–
СПб. – Й.: ИЦ ―ЕЛИМА‖, ИД ―Питер‖, 2006. – С. 163-167.
12
rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari
rivojlangan
mamlakatlar,
transmilliy
korporatsiyalar
jahon
iqtisodiyotini
boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga qaram, iqtisodiyoti juda ham
past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambag‗al mamlakatlar o‗rtasidagi farq
o‗sib bormoqda. XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy
mahsulotining 86 foizini ishlab chiqargan bo‗lsa, kambag‗al davlatlar atigi 1 foizni
ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda
qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil bo‗lsa-da, iqtisodiy jihatdan
rivojlangan
mamlakatlarga
qaramdir.
Jahon
iqtisodiy
munosabatlaridagi
globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Masalan, milliy bozorni siqib
qo‗yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globallashuvga qarshi
harakatni keltirib chiqardi.
Uchinchidan, ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon
aholisi muttasil ko‗payib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-
ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham
kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan
kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika
inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tug‗diruvchi
kasalliklar tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi.
To„rtinchidan, inson va tabiat o„rtasidagi munosabatlarning buzilishi
natijasida vujudga kelgan global muammolar - ular qatoriga dengiz va suv
havzalarining bulg‗anishi, o‗rmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon
qatlamining yo‗qolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan
tashqari ko‗p ishlatilishi natijasida qishloq xo‗jaligida ekin ekiladigan yerlarning
katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Orol dengizi suvi kamayib, g‗oyat
mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining makro va mikro darajalari.
13
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni, ya‘ni uzviy ravishda o‗zaro bog‗langan
bir butun jahon xo‗jaligining shakllanishi tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. Mazkur
jarayonning ibtidosi asrlar tubida yashirinib yotibdi.
Bu o‗zgarishlar xalqaro infratuzilmada iqtisodiyot globallashuvining makro va
mikro darajalariga olib keldi. Globallashuvning mikro darajasi kompaniyaning milliy
chegaralardan tashqarida ishlab chiqarishni va bozorni kengaytirish strategiyasi bilan
belgilanadi.
Globallashuvning makro darajasida milliy iqtisodiyotni xalqaro hamjamiyatga
boshlovchi kuchlarning birligi tushuniladi. Bu kuchlarga birinchi darajada to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy sarmoyalarni, texnologiyalarning almashinuvi, tovarlar va xizmat
savdosining o‗sishiga aytishimiz mumkin.
Makroiqtisodiy
darajadagi
globallashuv
davlatlar
va
integratsiya
uyushmalarining iqtisodiy faollikka tortib, savdo va investitsiya to‗siqlarini olib
tashlaydi, erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo‘ladi.
Globallashuv jarayonlari davlatlararo xo‗jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy,
axborot va siyosiy miqyosdagi o‗zaro kelishuvlarni qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki
bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo bo‗ladi. Ko‗pgina yirik TMK lar
global miqyosda harakat qiladi. TMKlar globallashuv jarayonining sub‘ekti
bo‗lib, globallashuvning asosini, ya‘ni uni harakatga keltiruvchi asosiy kuchidir.
Globallashuvning mikro darajasiga zamonaviy informatsion texnologiyalar
sabab bo‗lishi bilan bir qatorda, ko‗pgina firmalar tomonidan raqobatbardoshlikni
oshirish maqsadida qilingan sa‘iy harakatlari, standartlashtirish tizimini ishlab chiqish
va joriy etish, o‗lchash, ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini tekshirish va nazorat
qilish, xalqaro savdoning tez o‗sishiga yordam beradi.
Zamonaviy jahon xo‗jaligi - bu nafaqat jahon ishlab chiqarish kuchlarining
globallashuv natijasidir, balki ularning o‗zi global moliya-kredit va valyuta
to‗lovlarining yaqin aloqasidir.
14
Barcha ob‘ektiv o‗zgarishlar, ishlab chiqarish, kommunikatsiya, savdo, xorijiy
sarmoyalar va moliya soxalarida jahon iqtisodiyotini butun bir yaxlit organizmga
aylantirdi.
Shu o‗rinda globallashuvning ijobiy va salbiy oqibatlarini to‗g‗ri aniqlash
ham maqsadga molikdir. Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlari quyidagilardan
iboratdir:
•globallashuv natijasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashish
chuqurlashib boradi. Bunda mablag‗ va resurslar samarali sarflanadi;
•globallashuv jarayonining asosiy ustunliklaridan yana biri xarajatlarning
qisqarishi, narxlarning pasayishi va barqaror o‗sishni ta‘minlab berishi;
•globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri erkin savdodan keladigan
yutuq barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
•globallashuv raqobatning kuchayishini yangi texnologiyalarni yaratilishini,
shuningdek mamlakatlar o‗rtasida keng tarqalishini ta‘minlashi;
• xorijiy davlatlarnnig ilg‗or ilmiy-texnik, texnologik yangiliklarini
amaliyotga tatbiq etish natijasida iqtisodiy qulaylikka erishilishi;
•globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib, milliy bozordagi ichki
raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qo‗shiladi va natijada
narxlarni pasaytirish va tanlash imkoniyatini beradi;
•globallashuv ilg‗or texnologiyalarning tarqalishi va global miqyosdagi ishlab
chiqarishning ratsion almashuvi natijasida mehnat unumdorligi oshishiga olib
keladi. Bunda jahon miqyosidagi innovatsiyallarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etishi
mumkin bo‗ladi;
•globallashuv moliyaviy resurslarning asosiy qismi aylanishini ta‘minlashga
keng imkon yaratadi.
Globallashuv jahon hamjamiyatini turli sohalarda harakatlarini faollashtirib,
insoniyat uchun umumiy muammolarni, eng avvalo ekologik muammolarni xal etish
uchun jiddiy asos yaratadi.
Xullas, ko‗pchilik mutaxassislar, globallashuvning pirovard natijasi jahondagi
mamlakatlarda farovonlikning oshishiga olib keladi, deb umid qiladilar.
15
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlar rivojlangan mamlakatlarda
xayrixoxlik bilan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa xavotir bilan qabul qilinmoqda.
Buning sababi shundaki, globallashuv jarayonining afzalliklari barcha mamlakatlarga
teng taqsimlanmaydi. Shuning uchun ham globallashuvdan kim foyda ko‗radi, degan
savol turli munozaralarga sabab bo‗lmoqda.
Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar
mavqeyini mustahkamlab, ularga qo‗shimcha afzalliklar beradi. Xalqaro mehnat
taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy kam rivojlangan
mamlakatlar mavqeyi salbiy o‗zgarishiga sabab bo‗lib, ularni globallashuv jarayoni
sub‘ektlariga emas, balki ob‘ektlariga aylantirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |