Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafidan - 3 sm., pastdan va
tepadan - 2 sm., o‘ngdan – 1,5 sm. joy qoldirish tavsiya qilinadi, bunda bir
varaqda 28-30 qator yozuv bo‘lishi zarur. Bunday cheklovlar kurs ishi
hajmining sun’iy ravishda orttirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida
belgilanadi. Varaq tagiga tipografik sharoitda tayyorlangan yo‘l-yo‘l qog‘oz qo‘yib
yoziladi, varaqning o‘ziga matn yozish uchun to‘g‘ri chiziqlar chizish yoki
printerda chiziqlar chizilgan varaqlarga yozish tavsiya etilmaydi.
Kurs ishining barcha betlari rejadan boshlab oxirgi betigacha tartib bilan
raqamlanadi. Birinchi bet titul varag‘i hisoblangani uchun unga raqam
qo‘yilmaydi. (5-ilova)
1-betda odatda kurs ishining rejasi aks ettiriladi va bu bet ham
raqamlanmaydi, shuningdek, uning boshiga kurs ishi mavzusini yozib qo‘yish
shart emas, bu betda “Reja” degan so‘zdan keyingi qatorda rejaning qismlarini aks
Dostları ilə paylaş: |