O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
Fuqarolik jamiyati

5.Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati 
Istiqlol tufayli mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan keng qamrovli o‘zgarishlar 
yurtimizda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson huquqlari va uning erkini ta’minlashga 
qaratilgan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga xos zamonaviy tuzilmalar shakllangani 
bilan xarakterlanadi. 
Albatta, erkin va adolatli jamiyat qurish uchun qonunga tayanishimiz va qonun ustuvorligiga 
erishishimiz lozimdir. CHunki har qanday davlatning qudratli va mustahkam bo‘lishi, xalqining tinch va 
farovon hayoti amaldagi qonunlarning ustuvorligiga bog‘liqdir.
SHunday qilib, 
huquq
- davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi 
bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning ushbu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan 
muntazam aloqadorligini ta’minlaydi.
Erkinlik
– insonga qonun bilan ruxsat etilgan u yoki bu harakatni amalga oshirishi va hayot uchun 
zarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy to‘siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi. 
SHu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — jamiyat tayanchi va yurtimiz 
taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-
irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi. Konstitutsiyaning X bob 43-46 moddalari inson huquq va 
erkinliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan 
huquq va erkinliklarni ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, 
davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan 
sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan taqdim etilgan «Mamlakatimizda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ham bu 
masalaga alohida e’tibor qaratilib, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini tobora takomillashtirish va 
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlangan. Zero, 
jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan 
odamlarning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bog‘liq. Odamlarning huquqiy ongi va madaniyati 
davlatimiz rahbarining 2011 yil 23 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirlik zimmasiga 
aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy 
targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 iyuldagi qarori asosida tasdiqlangan Huquqiy targ‘ibot 
va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash 
to‘g‘risidagi nizom bu boradagi faoliyatni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘ladi. Avvalambor 
odamlarning huquqiy ongi va madaniyati shakllantirishda insonlarga o‘zlarining huquq va burchlarini, 
o‘zlari yashab turgan joyda o‘rnatilgan qonunlarga asosan ularning shaxsiy va fuqarolik huquq va 
burchlari kafolatlab qo‘yilgan asosiy qonun, ya’ni konstitutsiya va uning normalari tanishtirilishi kerak. 
Buni mazkur hujjatning birinchi moddasidan to oxirgi moddasigacha inson huquq va erkinliklari, 
qonuniy manfaatlarini ta’minlash, vatan ravnaqi hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotgan 
umumbashariy g‘oyalar singdirilganida ham ko‘rish mumkin. Asosiy qonunimizda buyuk ne’matlar 
orasida eng ulug‘i - “inson uchun” degan g‘oya ilgari surilib, uni ulug‘lash, uning erkin kamol topishi 
90
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. бет 


104 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan. Boshqacha aytganda, “fuqaro - jamiyat - davlat” 
o‘rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy echimi asoslab berilgan. 
Demokratik davlatda jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklari kafolati doimiy harakatdagi 
mexanizmga o‘xshashi lozim. Konstitutsiyaning 19-moddasida “hech kim sud qarorisiz fuqarolarni huquq 
va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga haqli emas”ligi belgilab qo‘yilganki, bu 
qoida huquqbuzar kim bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortish mumkinligini bildiradi. Kafolat 
tizimida iqtisodiy omilga keng o‘rin berilgan. CHunki iqtisodiy hayot qanchalik farovon bo‘lsa, 
huquqning amaldagi kafolat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Bugungi Asosiy qonunimizda esa davlat ham, jamiyat ham, avvalo, inson manfaatlariga xizmat 
qilishi, uning haq-huquqlarini himoya etishi ustuvor tamoyil sifatida aniq belgilab qo‘yilgan. 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz boshlagan islohotlarimizning pirovard maqsadi bitta - adolatli 
jamiyat barpo etish. Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash 
uchun”. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish sharoitida inson huquq va erkinliklarini 
ta’minlash borasidagi konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini hayotga tatbiq etishga qaratilgan islohotlar 
jamiyatning shu maqsad yo‘lidagi vazifalariga to‘liq mos kelmoqda, inson huquqlarini kafolatlovchi 
milliy mexanizm yaratilmoqda. Inson huquq hamda erkinliklarini ta’minlovchi va kafolatlovchi davlat 
organlari 
tizimi 
tashkil 
etilib, 
ixtisoslashgan 
nodavlat 
tashkilotlarining 
paydo 
bo‘lishiga 
ko‘maklashmoqda. Hozirgi paytda insonning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash mexanizmini yanada 
takomillashtirish maqsadida inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarining kafolatlari to‘g‘risida qonun 
qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Inson huquqlari g‘oyasi milliy parlamentimiz faoliyatida doimiy o‘rin 
egallashi darkor. Har qanday qonun ishlab chiqilayotgan va muhokama etilayotgan paytda insonning 
asosiy huquqlariga qanchalik mos kelishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ana shu prinsiplarga 
og‘ishmay rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish mumkin. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 
23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Birinchi Prezident I.Karimov: “...

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin