O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 
4.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari 
Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bajaradigan 
vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich 
topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yan ada 
to‘laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini 
oshirish darkor. "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" degan siyosiy qurilish 
dasturining moxiyati ana shunda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan shunday yondashuv 
fuqarolarning o‘zlariga o‘z hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng 
ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarolik jamiyati tamoyillariga to‘la mos 
keladi
231

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini 
erkinlashtirish konsepsiyasi nafaqat mamlakatimizdagi islohotlar uchun ilmiy-amaliy asos
232

balki umuman, davlatchilik taraqqiyotidagi o‘ziga xos ta’limotga aylandi deyilsa, mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Ushbu konsepsiyaning o‘zbek xalqi madaniyati va umum e’tirof etilgan demokratik 
qadriyatlar uyg‘unligida shakllanganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning 
229
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 йил 29 апрель, 17-сон, 220-модда 
230
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 йил, N 1, 4-модда. 
231
Ислом Каримов. Бизкелажагимизниўзқўлимизбиланқурамиз. Т. 7. Т.: Ўзбекистон, 1999. Б. 389. 
232
Шарифходжаев М., Рахимов Ф. Человек определевший эпоху. – М.: Книжный дом газеты «Труд», 2004. С. 14-18; 
Рахманова Ч. Ўзбекистонда ҳуқуқий демократик давлатни шакллантиршга оид баъзи масалалар. // Ўзбекистонда миллий 
давлатчилик назариясининг тарихий-фалсафий ва ҳуқуқий асослари (илмий-назарий мақолалар тўплами). – Т, 2005. 153-
154-б. 


184 
muvaffaqiyatiga xizmat qilmoqda. Zero, har qanday yangilanish, hattoki liberallashtirish ham 
xalqning manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. 
Darhaqiqat, O‘zbekistondagi hayotiy islohotlarning nazariy jihatlari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Birinchi chaqiriq Oliy Majlisining XIV (1999), 
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining I sessiyalaridagi (2000) va Oliy Majlis palatalarining qo‘shma 
majlisidagi (2005) ma’ruzalarida yaxlit konsepsiya shaklida bayon qilingan bo‘lsa, ularni 
ro‘yobga chiqarish masalalari aniq dasturlar asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur konsepsiyalar 
g‘oyalari o‘zbek xalqi madaniyati bilan umum e’tirof etilgan qadriyatlar uyg‘unligini 
ta’minlashga zarur nazariy asos bo‘lmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy 
qoidalarini amalga oshirish XXI asrning dastlabki yillarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
va jamiyatni yangilashning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishni, siyosiy va 
iqtisodiy sohalarda keng erkinlashtirishni, davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirishni 
ta’minlash uchun zarur qonuniy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10 iyun 1999 yili 296-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ªaror qabul qilindi. 
Mazkur qarorda XXI asr dastlabki yillarida islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni 
yangilashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish dasturlari hamda jamiyat hayotining 
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur ªarorning birinchi 
bandida mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish 
hukumat, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri deb 
mustahkamlandi. 
Davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
yuzasidan dasturlar turkumi alohida bandda ma’qullandi
233
. Bular: “Jamiyat hayotining barcha 
tomonlarini isloh qilishning ishlab turgan qonunchilik-me’yoriy bazasini takomillashtirish va 
yangilarini shakllantirish dasturi”, “Davlat organlarining funksiyalarini fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan jamoat tashkilotlariga bosqichma-
bosqich berish konsepsiyasi”, "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasini 
amalga oshirish chora-tadbirlari, “Sud-huquq sohasini isloh qilishni chuqurlashtirish”, “Erkin va 
mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish” dasturlaridir. 
Belgilangan dasturlarning barchasi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini 
erkinlashtirish uchun qulay zamin yaratadi. Lekin liberalizmning g‘arbcha talqini tarafdorlari 
ushbu dasturlarda xususiy mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida hech qanday 
tadbirlar belgilanmaganligini aytishlari mumkin. Xususiy mulkchilik O‘zbekistonda ham 
demokratik huquqiy davlatning asosiy omili sifatida e’tirof etilib, uni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari alohida iqtisodiy sohadagi islohotlar dasturlarida belgilangan. SHuning uchun 
ham ko‘pchilik o‘zbek olimlarining erkinlashtirishga oid fikrlarida xususiy mulkchilikni 
rivojlantirish g‘oyalariga alohida e’tibor berilmaydi. 
233
Вазирлар Маҳкамасининг1999 йил 10 июндаги 296-сон қарорига 1-илова. 


185 
Darhaqiqat, O‘zbekistondagi hayotiy islohotlarning nazariy jihatlari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Birinchi chaqiriq Oliy Majlisining XIV (1999), 
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining I sessiyalaridagi (2000) va Oliy Majlis palatalarining qo‘shma 
majlisidagi (2005), Birinchi chaqiriq Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi (2010) 
ma’ruzalarida yaxlit konsepsiya shaklida bayon qilingan bo‘lsa, ularni ro‘yobga chiqarish 
masalalari aniq dasturlar asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur konsepsiyalar g‘oyalari o‘zbek 
xalqi madaniyati bilan umum e’tirof etilgan qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga zarur nazariy 
asos bo‘lmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy 
qoidalarini amalga oshirish XXI asrning dastlabki yillarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
va jamiyatni yangilashning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishni, siyosiy va 
iqtisodiy sohalarda keng erkinlashtirishni, davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirishni 
ta’minlash uchun zarur qonuniy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10 iyun 1999 yili 296-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ªaror qabul qilindi. 
Mazkur qarorda XXI asr dastlabki yillarida islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni 
yangilashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish dasturlari hamda jamiyat hayotining 
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur ªarorning birinchi 
bandida mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish 
hukumat, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri deb 
mustahkamlandi. 
Davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
yuzasidan dasturlar turkumi alohida bandda ma’qullandi
234
. Bular: “Jamiyat hayotining barcha 
tomonlarini isloh qilishning ishlab turgan qonunchilik-me’yoriy bazasini takomillashtirish va 
yangilarini shakllantirish dasturi”, “Davlat organlarining funksiyalarini fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan jamoat tashkilotlariga bosqichma-
bosqich berish konsepsiyasi”, "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasini 
amalga oshirish chora-tadbirlari, “Sud-huquq sohasini isloh qilishni chuqurlashtirish”, “Erkin va 
mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish” dasturlaridir. 
Belgilangan dasturlarning barchasi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini 
erkinlashtirish uchun qulay zamin yaratadi. Lekin liberalizmning g‘arbcha talqini tarafdorlari 
ushbu dasturlarda xususiy mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida hech qanday 
tadbirlar belgilanmaganligini aytishlari mumkin. Xususiy mulkchilik O‘zbekistonda ham 
demokratik huquqiy davlatning asosiy omili sifatida e’tirof etilib, uni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari alohida iqtisodiy sohadagi islohotlar dasturlarida belgilangan. SHuning uchun 
ham ko‘pchilik o‘zbek olimlarining erkinlashtirishga oid fikrlarida xususiy mulkchilikni 
rivojlantirish g‘oyalariga alohida e’tibor berilmaydi. 
 
12-MAVZU. 
JAMOATCHILIK 
NAZORATI 
VA 
DAVLAT 
ORGANLARI 
234
Вазирлар Маҳкамасининг1999 йил 10 июндаги 296-сон қарорига 1-илова. 


186 
FAOLIYATINING OCHIQLIGI. IJTIMOIY SHERIKLIK

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin