To„lov balansining asosiy moddalari - tovar va xizmatlarda eksport-import,
xorijiy investistiya kapitali harakatini o‗z ichiga oladi.
To„lov balansining balanslovchi moddalari - valyuta zahiralarining harakati,
qisqa muddatli aktivlar hajmining o‗zgarishi, davlat qarzlari va kreditlari, ikki
tomonlama bitimlar hamda xalqaro tashkilotlar liniyasi bo‗yicha moliyaviy
yordamlarni aks ettiradi.
Umumjahon banki - o‗zaro bir-biri bilan bog‗liq beshta institutdan tarkib
topgan ko‗p tomonlama kredit beruvchi tashkilotdir.
Umumiy bozor - ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin
ko‗chib o‗tishini ta‘minlanlovchi iqtisodiy integratsion ko‗rinish.
UST - Umumjahon savdo tashkiloti - xalqaro savdoni institutsional va huquqiy
asosini tashkil etuvchi musaqil davlatlararo tashkilot.
Faktoring - bank yoki faktor-kompaniyalarning mahsulot yetkazib beruvchi va
xaridor o‗rtasidagi hisob-kitoblar bo‗yicha moliyaviy talabini, ya‘ni qarzni
keyinchalik xaridordan undirib olish yo‗li bilan to‗lash vositasidagi jami vositachilik
operatsiyalar tushuniladi.
FAO - BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi sohasidagi tashkiloti, 1945
yilning 16 oktyabrida tashkil topdi. Hozirgi kunda bu tashkilotga rasman 160ga yaqin
davlat a‘zodir.
Fiksing - bu har bir valyutaga talab va taklif hajmini navbatma-navbat
solishtirish orqali valyutalarning banklararo kursini aniqlash va qayd etish
jarayonidir.
Forvard - bitim imzolangandan keyin ikki kun ichida qatnashchilar tomonidan
xatarlarni sug‗urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo‗yicha olib borilgan banklararo
valyuta-moliyaviy operatsiyalar tushuniladi.
Forfetirlash - bir kompaniyaning tijoriy huquqlarini boshqa kompaniyaga
naqd to‗lov bilan ayirboshlashidir.
Franchayzing - bir kompaniyaning boshqa yirikroq yoki bosh kompaniyaning
savdo markasi, tovar belgisi va boshqa atributlaridan foydalanishidir.