Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Fundamental tadqiqotlar qanday bilim olishga qaratiladi?
Fundamental tadqiqotlar qanday maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi?
Amaliy tadqiqotlar qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
Fundamental, amaliy tadqiqotlar va tadqiqotchilik ishlanmalari o‘rtasida qanday chegara mavjud?
Bilimning o‘sishi muammosiga zamonaviy olimlarning munosabati qanday?
QO‘SHIMCHA VA TUSHUNTIRUVCHI MATNLAR
/
9-mavzu. ILMIY TADQIQOTGA axborot va axborot TEXNOLOGIYALARINING TA’SIRI
Reja:
Axborot, bilim, ma’lumot tushunchalarining tahlili.
Informatika, informatizasiya, axborot texnikasi
Informasiya va informasion vaziyat.
Axborot texnikasi va axborotlashgan jamiyat konsepsiyasi
Tayanch iboralar
Axborot, axborotning evristik mazmuni, informasion vaziyat, informativlik, bilimning informativligi, ijtimoiy axborot, ilmiy axborot, informatika, axborot texnologiyasi, axborotlashgan jamiyat, mehnatning intellektuallashuvi, Internet, kibernetika.
Axborot, bilim, ma’lumot tushunchalarining tahlili. So‘nggi yillarda «axborot», «invariantlik», «nomuayyanlik» kabi umumilmiy tushunchalar falsafiy tahlil predmetiga aylandi. Bilimning u yoki bu tarmoqlarida yuzaga kelgan va ilmiy bilishning mantiqiy-metodologik vositalari darajasiga ko‘tarilgan bu tushunchalar nafaqat ob’ektlar va jarayonlarni ko‘rishning umumiy usullari, balki rivojlanayotgan bilimni tahlil qilish shakllari hamdir.
Eng umumiy ma’noda axborot narsa va hodisalar haqidagi har qanday ma’lumotni anglatadi, biroq hozirgacha axborotning umum qabul qilingan ta’rifi yo‘q.
Axborotning eng sodda klassik ta’rifi bu – ma’lumot berishdir. N.Viner fikricha, “Axborot – tashqi olamga ko‘nikish jarayonida undan olingan mazmunni ifodalashdir”9. Bu erda axborot tashqi olamni aks ettirish (gnoseologik jihat) va adaptasiya (unga qo‘nikish) deb ifodalanadi. L.Popov “Axborot kommunikasiya va aloqa jaaryonidagi noaniqlikning bartaraf qilinishi”10 deb hisoblaydi. Bu ta’rifda asosan axborotning falsafiy -psixologik (kommunikasiya, aloqa) tomoniga e’tibor qaratiladi.
R.Eshbi “Axborot – strukturalarning me’yori, yangilik, originallik”11, S.Mol esa, “Axborot – tanlash ehtimolligi”12 deb ta’rif beradi. L.G.Svitich “Axborot tushunchasi ko‘p ma’noga ega, lekin umumiy falsafiy, metolingvistik ma’noda potensial, keng yoritilgan real mohiyatlarning majmui”13 deb tushunadi.
Axborot – ob’ektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, o‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo‘ladi. Ob’ektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlari.
«Axborotni o‘rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog‘liq, chunki axborot unda funksional xossa sifatida mavjuddir»14.
«Axborot», «ma’lumot», «bilim» tushunchalari ko‘pincha bir-biriga o‘xshatiladi. Bu qisman shu bilan izohlanadiki, bir darajada axborot sifatida amal qiluvchi dalillar boshqa darajada ma’lumotlar sifatida amal qilishi mumkin. Masalan, radio yoki televidenie muxbiri intervyu jarayonida muayyan axborot oladi. Bu axborot jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi uchun ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur markaz tomonidan e’lon qilingan axborotdan, o‘z navbatida, yuqori idora tahlil uchun ma’lumot sifatida foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |