3-tajriba. Organik moddalar tarkibidagi uglerod va
vodorodni aniqlash Laboratoriya ishidan maqsad. Ushbu laboratoriya ishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, talabalarda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya sharoitida organik moddalar tarkibidagi uglerod va vodorod borligini tajriba orqali ko‘radilar va shu amaliy ish davomida o‘zlarining bilim hamda ko‘nikmalarini oshiradilar.
Kerakli reaktivlar:gliserin (yoki 2 g shakar), mis (II) oksid, bariy gidroksid (yoki kalsiy gidroksidi), mis (II) sulfat.
Jihozlar: probirka, gigroskopik paxta, еgik nay, rezina tiqin, gaz gorelkasi.