Byudjet tashkilotining daromadlar va xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha buxgalteriya balansining sxematik kurinishi.
Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy jihatlari va bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi.
Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy jihatlari va bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga hamda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq byudjet tashkilotining bosh hisobchisi,
hisobchilari mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari lozim.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda yuqoridagi Yo‘riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.