Ifodali o’qish. Boshlang’ich ta’lim tizimida
mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) va
adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan
so’ng ifodali o’qishga o’tiladi. U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o’qishni ham
o’z ichiga oladi. Ifodali o’qishning muvaffaqiyati o’quvchilarning asar mazmuni
tushunishi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo’lishi
bilan bog’liq.
Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o’qishda qay darajada muhim
bo’lsa, nasriy asarlarni o’qishda ham muhim talablardan biridir.
Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari
surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda
X. To’xtaboevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini
tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi,
maqtanchoqlikning illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi.
Ifodali o’qish oldiga qo’yilgan bu talab
M. Abdurashidxonovning «Har kim ekkanin o’rar», SH. Sa’dullaning «Laqma it» kabi she’riy hikoyalarini o’qishga ham
xosdir.
Badiiy o’qish. Badiiy o’qish ifodali o’qishning yuksak bosqichi hisoblanadi.
Unda so’z san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o’quvchidan asar
ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o’qishni talab etadi. Badiiy o’qishda asar
qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to’la anglab yetilgandagina
ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o’qishga tayyorgarlik ko’rishda
aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi
samara beradi.
Badiiy o’qish metodi she`riy, nasriy, publitsistik, dramatik parchalarni
o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan tinglovchilarga asar mohiyatini badiiy
ta’sirchan tarzda ifodali o’qish usuli.
1.Kitobdan o’qib berishi mumkin.
2.Yoddan o’qib berishi mumkin.
216
3.O’qituvchi hikoya qilib, so’zlab berishi.
4.Instsenirovka usuli. Teatrlashtirilgan o’qish.
Sinfda o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri