237
Asar o’qib bo’lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. CHunki ularning
ma’nosi matndan, asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani
ochishda ko’chma ma’noli so’zlardan ko’p foydalaniladi. Ular bolalarga masal
mazmunini tushunishga xalal bergani uchun ayrim ko’chma ma’noda ishlatilgan
so’zlar asarni o’qishdan oldin tushuntiriladi.
3-sinf «O’qish kitobi»dan o’rin
olgan
«Ayamajiz»
(Qudrat Hikmat)
she’rida
“Bo`ralar qor kapalak”, “Bog`lar sokin mizg`ishar Misoli oq kapalak”, “Muz
oynalar sovuq yeb”misralarida o`xshatish, jonlantirish; “Saxiy ona tabiat”,
“quchog`ida havo sof”misralarida metafora, “Ayamajiz izg`iydi, Ko`chalarda
tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog`izdek yutoqib” kabi misralarda o’xshatish,
jonlantirishlar qo`llangan.
4-sinf «O’qish kitobi»dan o’rin olgan
«Qish to`zg`itar momiq par»
(Qudrat
Hikmat)
she’rida
«Yerga serbar oq namat», «Pirpiratib ko`zini Avtobuslar
o`tadiQahraton qish hovurni Mo`rkon kabi yutadi», «Tomlar kiydi oq qalpoq,
Hovlilarda sep tepa Osmon elak nazdimda, Shahrimizga un separ”
misralarida
o’xshatish, jonlantirishlar qo’llangan. Bular ustida ishlaganda
quyidagicha savol-
topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. SHoir qorni nimaga o’xshatadi?
(momiq parga).
2.Avtobus chiroqlarini-chi?
(Pirpiragan ko`zga).
3. “Muz oynalar sovuq yeb”misralarini qanday tushunasiz? Oyna sovuq
qotadimi?
Ushbu darslikning
«Kumush qish»
bo’limida
«Qish»
matni berilgan.
Ushbu
matnda ham ko’plab jonlantirishlar qo’llangan. Masalan,
«hamma yoqda sovuq
izg’irin kezadi», «Ingrar og’riq kabi qari tol, oynalarni bezar qish - gulkor»,
«Daraxt kurtaklari rohatlanib uxlamoqda», «hozir urug’lar tinch uyquda»
kabi.
Matn tahlilida
«Matnning birinchi qismini o’qing. Unda qaysi so’z o’z ma’nosidan
boshqa ma’noda qo’llangan?»
yoki
«Matnning ikkinchi qismida jonsiz narsalar
jonlidek tasvirlangan o’rinlarni topib o’qing. Boshqa ma’noda qo’llangan so’zlarni
o’z ma’nosida qo’llab gap tuzing. Bu so’zlar qanday ma’noda qo’llanganda
ta’sirchan bo’ladi?»
kabi savol-topshiriqlardan foydalanish mumkin.
238
Maqol janrida ham ko’chma ma’noli so’zlar ko’p qo’llanadi. Misol uchun
«
Yurt boshiga ish tushsa
,
Er yigit hozir»
maqolida
boshiga
so’zi metafora yo’li bilan
ma’nosi ko’chgan, o’quvchilarga uning ma’nosi qanday usul bilan ko’chganligi
aytilmaydi, faqat boshqa ma’noda qo’llanganligi o’z ma’nosi bilan taqqoslangan
holda o’quvchilarga o’rgatiladi.
Tarixiy asarlarda ham ta’sirchan, tasviriy-bo’yoqdor so’zlar ko’p uchraydi.
Jumladan,
Dostları ilə paylaş: