279
Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar
qiziqib o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot”
(“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy
masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o’qish va tarbiyasida katta
ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan
Najjor” masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda
do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari
suriladi.
Ma`lumki, tarbiya ko’proq taolim jarayonida berib boriladi. Bolalarga
maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi.
Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar
maonaviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas,
mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat,
fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar
paydo bo’ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik,
yolg’onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi.
Lekin amaldagi boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam
o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi
qissadan hissa o’quvchi matndagi eotibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi.
3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan
Dostları ilə paylaş: