56
bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi chizmalardan foydalanish
mumkin:
ti: l bol ta sa
o no: n ta o rol lom
na la: b xal lim
a cho: y
Bunda “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarni oldin bo’g’inga bo’lish, so’ng o’qishni
mashq qilish yaxshi samara beradi. O’qituvchining namunali o’qishidan so’ng
birgalikda ovoz chiqarib o’qish, yakka-yakka o’qish, shivirlab o’qishdan
foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o’qiydigan o’quvchilar bo’lgan sinflarda xor bilan
o’qitish o’qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o’quvchilarining o’qish
ko’nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so’zlarni xattaxtada bo’g’inlarga bo’lib
yozish, o’rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo’shimcha so’z birikmalari,
gaplar tuzib yozish va o’qitish usulidan ham foydalaniladi.
Ma’lumki, “Alifbe” sahifalarida bo’g’in tuzilishi murakkablashib boradi.
SHuning uchun o’qituvchi har bir bo’g’in tuzilishining murakkabligiga qarab ish
usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to’rt tovushdan
tuzilgan bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish ham o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bunda
o-lov, Man-non
tipidagi bo’g’inlarda
Dostları ilə paylaş: