643
6. Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik tuzilmalarning bir xil yoki har xilligi,
murakkab tuzilmalar bormi?).
7. Imloviy
va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo’pol va juzoiy
xatolar).
8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga,
sarlavhani to’g’ri joylashtirishga rioya qilish).
O’quvchilar inshosiga qo’yilgan bunday talablar
uni baholashda real
yondashishga imkon beradi.
NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF QILISH
YO’LLARI
Xato turlari
Nutqiy xatolarga noto’g’ri, noo’rin qo`llangan so’zlar, noto’g’ri tuzilgan
gaplar, morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish kiradi.
Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni
to’g’rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma`lumot
yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish
uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o’rganish,
shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to’g’rilash va
oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: