O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   416
“Qaysar buzoqcha”
(O. Qo’chqorbekov) 
masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda 
ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. 
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, yaoni ota-
bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan 
“Bo’linganni bo’ri yer”
hikmatida o’z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa 
bundan juda ustalik bilan foydalangan. 


280 
“CHumoli va Tipratikan”
masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda 
CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki 
kichik bo’lishidan qatoiy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga 
daovat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan 
yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni 
boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar. 
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi, 
o’tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq taosir qiladi. Bular o’quvchilar 
nutqini o’stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-
harakatlari, feol-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb 
qiladi. 
2-sinf “O’qish kitobi”da berilgan “O’roq va Kombayn” masalida o’roq va 
kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali texnikaning 
afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning 
ahil bo’lib, birgalikda mehnatga bel bog’lashlari kabi g’oyalar ilgari suriladi. Oddiy 
predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan texnika va ish qurollari 
haqidagi gap-so’zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi. 
3-sinf “O’qish kitobi”da 
“Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli 
va Tipratikan”, “O’jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so’radilar”
kabi 
masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, 
chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham 
yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar 
arqondan bo’shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar 
buzoqcha ham to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, yaoni ko’ngilsiz voqea yuz 
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli 
kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. 
“Chumoli va Tipratikan” masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida 
jamiyatimiz aozolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to’g’riso’z insonlar bo’lsa, 
tipratikan o’g’ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilardir. 


281 
“O’jar Toshbaqa” masalidagi Toshbaqa hayotdagi o’jar, qaysar, o’z bilganidan 
qolmaydigan, ko’ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir. 
Boshlang’ich sinflarda masalni o’rganayotganda bolalarni masalni ifodali 
o’qishga va uning mazmunini qisqa, baozan bir necha so’z bilan aytib berishga, 
ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o’zaro qiyoslashga 
o’rgatish muhim ahamiyatga ega. 
Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini 
tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka 
o’xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi 
hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari baozan kishilar hayotida ham 
uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda 
bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola 
boshlaydilar. 
Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib 
turishi uni bir maromda o’qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o’qishga 
yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi 
lozim. 
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq 
idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim 
epizodlarni so’z bilan tasvirlash, baozilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish, 
ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga 
muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning 
o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga 
tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish 
zarur. 
4-sinf «O’qish kitobi»da berilgan SH. Sa`dullaning “Laqma it” masalida it 
markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo’roz, tovuq va kurkalar timsolini it 
birlashtirib turadi. SHuning o’ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi 
timsollarning xarakter-xususiyatini bilishni talab etadi. 


282 
Mushukning it haqidagi so’zlarini matndan toptirib o’qitish itning xususiyatini 
ochib beradi: 
Ajab bo’ldi .... uy qurmading. 
O’z vaodangda sen turmading. 
Yozi bilan laqillading. 
Meni ko’rsang akillading. 
Sigirning it haqidagi quyidagi so’zlarini ham matndan topib o’qitish orqali 
itning boshqa xususiyati ochiladi: 
- Menga bundoq hiyla qilma 
Sigirlarni axmoq bilma....
 
Uyda yotding oyoq cho’zib 
Sog’in sutni hadeb buzib. 
So’ng o’quvchilarga itga xos xususiyatlarni ochuvchi so’z va iboralarni toptirib 
ayttiriladi. SHu tariqa o’quvchilar o’qituvchi yordamida itga tavsif beradilar. So’ng 
boshqa timsollar ustida ishlanadi. Bunda taqqoslash usulidan foydalaniladi. 
Mushukning yaxshi xislatlari sanaladi. Bu kabi tavsiflar sigir, xo’roz, tovuq, 
kurkalarga ham beriladi. Qahramonlarga tavsif berish matn ustida ishlash orqali 
amalga oshiriladi. Yozuvchi foydalangan til vositasida o’quvchilar qahramonlarga 
tavsif berishga o’rganadilar, ularning tili ham yangi so’zlar bilan boyiydi. 
O’quvchilarni tavsif berishga o’rgatish uchun o’qituvchining o’zi qahramonni 
xarakterlovchi so’z, iboralarni tavsiya qiladi. Ular ichiga masaldagi timsollarga xos 
bo’lmagan xususiyatlarni ifodalovchi so’z, iboralar kiritib qo’yiladi. O’quvchi ular 
ichidan mosini tanlab olish jarayonida mantiqan fikrlaydi. Bu so’z va iboralar esa 
bolalar nutqiga ko’chadi. 
4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan 
“Baqa bilan Taqa”
(Aziz Abdurazzoq) 
masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o’ziga mos bo’lmagan, o’ziga to’g’ri 
kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning 
maslahati, nasihatiga quloq solmay, o’z aytganidan qaytmaydigan, o’jar kishilarni 
tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda 


283 
yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni 
istaydi. U taqachining 
“Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, 
sakrashdan mahrum bo’lasan ... Sen taqa bilan yo’rg’alay olmaysan. Yo’rg’alashni 
ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo’lsang, sayrab 
yuraver”
deyishlariga quloq solmaydi. Bu o’jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: 
suv tagiga cho’kib ketadi. Yonidagi baqalar bo’lmaganda halok bo’lishi ham tayin 
edi. Kech bo’lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu 
holatlar o’quvchini o’z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular 
o’z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
SHunday qilib, masal ustida ishlash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
− 
masal mazmunini aniq idrok etish;
− kompozitsiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga mos xususiyatlarini, xatti-
harakatlarining sabablarini ochish;
− allegoriyani aniqlash;
− masal xulosasini tahlil qilish.
Mana shu izchillik hisobga olinsa, 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin