3-bob. INFORMATIKA YO„NALISHIDAGI FANLARI G„OYALARI
VA TAMOYILLARI
3.1.
Informatika yo„nalishidagi fanlarning g„oyalari
Hozirgi paytda ta‘limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta‘lim
jarayonini kompyuterlashtirish yetakchi pedagogik-uslubiy g‗oyaga aylangan.
Ta‘limni kompyuterlashtirish tarixan XX asrning 50-yillariga borib taqaladi. Uning
o‗tmishdoshi dasturlashtirilgan ta‘lim bo‗lib, undan ommaviy foydalanish o‗tgan
asrning 50-yillariga to‗g‗ri keladi.
Jamiyatda paydo bo‗lgan har qanday yangilik singari dasturlashtirilgan
ta‘limning ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud edi. Shunga
qaramasdan, dasturlashtirilgan ta‘lim o‗quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy
o‗zgarishlarga sabab bo‗ldi. Mutaxassis va o‗qituvchilar o‗quv materialini tahlil
qilishning yangi uslubiyatini o‗zlashtirib oldilar, o‗quv materiali bo‗yicha
axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona tizimga
aylandi. Ta‘limda amal qiladigan teskari aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi.
Mavzularni to‗liq o‗zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy zamin
yaratildi.
Iqtisodiy jihatdan qimmatga tushushi, tashkiliy qurilishidagi zaif tomonlar
mavjudligi sababli XX asrning 70-yillariga kelib dasturlashtirilgan ta‘limga
tadqiqotchilarning qiziqishi ma‘lum darajada susaydi. Garchand dasturlashgan ta‘lim
sohasidagi izlanishlar ancha kamaygan bo‗lsa-da, uning qobig‗ida yangi yo‗nalish -
ta‘limni kompyuterlashtirish muammosi paydo bo‗ldi.
Kompyuterning ta‘lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyos. U ta‘lim tizimini
ma‘muriy boshqarishdan tortib alohida maktab faoliyatini tashkil etish, boshqarish,
nazorat qilishgacha, o‗quv fanlarini o‗rganishni tashkil qilishdan tortib
o‗quvchilarning individual mashg‗ulotlarini tashkil etishgacha bo‗lgan muammolarni
qamrab oladi. Kompyuter ma‘lumotlarni saqlovchi, ularni qayta ishlovchi, turli shakl
va usullarda o‗quvchilarga yetkazuvchi o‗ta qulay vosita sifatida tan olinmoqda.
Ta‘lim-tarbiya ishiga kompyuterlarning tatbiq qilinishini insoniyat tarixida
kitobning paydo bo‗lishi, uning o‗rni va ahamiyatiga qiyoslash mumkin. Zero,
kitobdan ma‘lumotlarni saqlash va tarqatish maqsadida foydalanilsa, kompyuterdan
dars jarayonida o‗quvchilarga bilim berishda foydalaniladi.
Ikkinchidan, kompyuterning ta‘lim berishdagi vazifasi dars jarayoni bilan
chegaralanmaydi. O‗quvchilar u bilan mustaqil ishlab, hatto uyda ham bilim olishlari
mumkin. Uchinchidan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, masofadan o‗qitish
hozirgi kun uchun orzu bo‗lmay qoldi. Bu nog‗iron bolalar uchun ta‘lim olishning
yagona imkoniyati, iqtidorli, o‗ta qiziquvchan talabalar uchun mustaqil ta‘lim olish
vositasi.
Kompyuterli o‗qitishning afzalliklari juda ko‗p: o‗quvchilarda ma‘lum
malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi;
o‗quvchilarning ishlash sur‘ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni
talab qilinishi natijasida o‗quvchi ta‘lim subyektiga aylanadi; o‗quvchilar kuzatishi,
mushohada qilishi qiyin bo‗lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish
38
qilish imkoniyati hosil bo‗ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda
darsni uzoqdagi manbalar bilan ta‘minlash imkoniyati hosil bo‗ladi; kompyuter bilan
muloqot didaktik o‗yin xarakterini oladi va bu bilan o‗quvchilarda o‗quv faoliyatiga
motivatsiya kuchayadi va hokazo.
Shu sababli ta‘limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish bo‗yicha
barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ular bilan bir qatorda respublikamizda
ham
turli
yo‗nalishdagi
ilmiy
tadqiqot
ishlari
o‗tkazilmoqda. Ta‘limni
kompyuterlashtirish muammosiga daxldor tadqiqotlar quyidagicha guruhlarga ajratib
tahlil qilindi.
Ta‘limni kompyuterlashtirish muammosini o‗rganish geografiyasi keng
bo‗lganligi bois uni uch guruhga ajratib, tahlil qilinadi: xorijlik mutaxassislardan
T. Bekker, A. Bork, S. Veir, R. Norton, S. Peypert, J. Xartli; hamdo‗stlik
mamlakatlari olimlaridan N.V. Apatova, V.M. Glushkov, V.V. Grishkin,
A.M. Dovgyallo, A.P. Ershev, A.A. Kuznetsov, E.I. Mashbits; respublikamiz
olimlaridan A.A. Abduqodirov, M. Aripov, M .Ziyoxo‗jayev, Z. Ikromova,
U. Yuldashev, V. Qobulov, A. Hayitov U. Begimqulov, S.S. G‗ulomov,
R.X. Alimov, B.A. Begalov kabi qator tadqiqotchilar o‗z izlanishlarida ta‘limni
kompyuterlashtirishning turli muammolarini o‗rganganlar.
Ta‘limni kompyuterlashtirish bilan bog‗liq muammolarni tadqiq qilishda
ko‗plab yutuqlarga erishilganligini qayd qilgan holda bu sohada yechimini
kutayotgan masalalari ko‗p ekanligini ham ta‘kidlash joiz. Chunonchi, ta‘limni
kompyuterlashtirishga bir necha yil oldin kirishilgan va qator ishlar qilingan bo‗lsa-
da, ko‗pchilik uchun bu ta‘limni tashkil qilishning yangi, noan‘anaviy shakli sifatida
taassurot qoldirib kelmoqda. Albatta, kompyuter ta‘lim sifati va samaradorligini
sezilarli darajada oshirish imkoniyatiga ega, buning uchun sifatli pedagogik dasturlar
va mukammal uslubiyatdan foydalanish lozim.
Ta‘lim jarayonida foydalanishga mo‗ljallangan ko‗plab elektron o‗quv
materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o‗quv qo‗llanma, o‗rgatuvchi
dastur vositalari kabilarni misol qilib ko‗rsatish mumkin. Ular o‗zida boshqarilish
imkoniyati, interfaol uslublar, sun‘iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik
kabi xususiyatlar muvjudligiga ko‗ra ta‘limda ma‘lum samaradorlikni ta‘minlaydi.
Ta‘limni kompyuterlashtirish to‗g‗risida fikr yuritilganda uning ikki xil
ma‘nosini farqlash kerak:
1. Ta‘limni kompyuterlashtirish faoliyati. Ta‘limni kompyuterlashtirish
faoliyati PDVni loyihalash, yaratish, kompyuterning o‗zini ta‘limni amalga
oshirishga tayyorlash kabi elementlardan iborat bo‗lib, ularning har biri o‗ziga xos
vazifa va vositalarga ega.
2.
Ta‘limni
kompyuterlashtirish
jarayoni.
Bu
ma‘noda
ta‘limni
kompyuterlashtirishni mehnatga qiyoslasa bo‗ladi. Mehnat jarayonlariga o‗xshab
ta‘limni kompyuterlashtirish maqsadga muvofiq mehnat, mehnat vositasi, mehnat
predmetidan iborat.
Endi mehnat jarayoni nuqtayi nazaridan muammo tarkibini tahlil qilishga
o‗tamiz. «Mehnat jarayoni o‗zida uch momentni aks ettiradi: mehnatning o‗zi,
mehnat vositasi, mehnat predmeti».
39
Ta‘lim va uning momentlari jihatidan o‗zaro daxldor uchta tizimni ajratamiz:
Dostları ilə paylaş: |