8.3. Moddiy - texnika resurslari ta’minoti shakllari va usullari Qurilish ishlab chiqarishi bo’yicha xizmat ko’rsatishga oid bo’lgan barcha
tashkiliy savol va masalalarni tizimli hamda kompleksli ishlab chiqish taqoza
etiladi, chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulot – bino va inshootlar (xizmatlar)
raqobatbardoshligi qurilish maydoniga kelib tushadigan konstruktsiyalar, buyumlar
va boshqa materiallar, energetik resurslar, texnologik jihozlarning sifatiga bog’liq
bo’ladi.
Qurilish ishlab chiqarishi bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga
quyidagilar kiradi: moddiy
- texnika ta’minoti, energetik, ta’mirlash, transport va
omborxona xo’jaligi va sifatni nazorat qilishni. Bu jarayonning asosiy vazifalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- moddiy
- texnika resurslari bilan ta’minlash tizimida va menejment tizimi
doirasida qaralayotgan ishlab chiqarishni aniqlash;
- qaralayotgan qurilish ishlab chiqarish faoliyati maqsadlarini aniqlash;
- masadlarga erishish bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqlar va
ishlarni shakllantirish;
- Moddiy-texnika resurslari ta’minoti xizmati tuzilmasini ishlab chiqish va
uning funktsiyalarini aniqlash;
- yaratilayotgan
xizmat
ko’rsatish bo’limi faoliyati omillari va
ko’rsatkichlarini aniqlash;
118
- menejment bo’yicha ilg’or yondashuvlarni qo’llagan holda moddiy –
texnika resurslari bilan ta’minlash xizmati ishining taktik, strategik hamda operativ
rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- rejalarning bajarilish motivatsiyasini va nazoratini ta’minlash;