45
IV BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH
SHAROITIDA INVESTITSIYA SISYOSATI
4.1. Investitsion-qurilish faoliyati va uning mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishdagi roli
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omillaridan biri, bu
yuqori darajadagi investitsion faollik hisoblanadi. Unga iqtisodiyotning yetakchi
tarmoq va sohalarida amalga oshirilayotgan investitsion resurslar hajmining ortishi
va ulardan samarali foydalanish orqali erishiladi. Investitsiyalar yangi ilmiy-texnik
asosda ishlab chiqarish salohiyatini shakllantiradi va jahon bozorlarida mamlakat
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezident Sh.Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida ta’kidlanganidek: “2019 yilda barcha manbalar hisobidan
qariyb 138 trillion so’mlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko’p investitsiyalarni
o’zlashtirish mo’ljallanmoqda. Bu borada to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar
miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga
yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi.”
12
Investitsiya(kapital qo’yilma)lardan foydalanishning asosiy yo’nalishlari
quyidagilar hisoblanadi:
-
yangi qurilish;
-
korxonalarni kengaytirish va qayta qurish(rekonstruktsiya qilish);
-
ishlab chiqarishni texnik qurollantirish va modernizatsiya qilish;
- mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini qo’llab-quvvatlash.
Dostları ilə paylaş: