71
qo’yadi. Bunday tarmoqlarga quyidagilar tegishlidir:
metallurgiya, energetika,
temir yo’l transporti, aloqa, qurilish va boshqa bir qancha tarmoqlar. Xorij
amaliyoti
shundan guvohlik beradiki, boshqaruvning yirik va kichik tashkiliy
tuzilmalari uyg’unlashuvi noma’lum (aniq bo’lmagan) vaziyatlarda tizimlar ishlash
qobiliyatini qo’llab
-
quvvatlash imkonini beradi va boshqa xo’jalik sub’ektlari
bonkrotlashuvi bilan bu tizimlarning foyda oluvchilar qatorida saqlanib qolishiga
zamin yaratadi.
Mustaqillikka erishgunga qadar mamlakat amaliyotida sekin o’zgarishga
qaratilgan texnika va texnologiyalardan, raqobatsiz ishlab chiqarishga ega bo’lgan
tizimdan, boshqarishning asta-sekin o’zgaruvchan shakl va uslublariga asoslangan
holda tarkib topgan boshqaruv tuzilmalaridan foydalanib kelindi.
Ishlab chiqarishni kontsentratsiyalash orqali tadbirkorlik guruhlari vujudga
kelishiga
zamin yaratiladi, bu guruhlarda boshqaruvning yirik, o’rta, kichik
tuzilmalar o’rtasida egalik qilish huquqlari va kontraktli munosabatlar yo’lga
qo’yiladi. Ularda moliyaviy nazorat o’rnatiladi va bir vaqtning o’zida ishlash
uchun ancha imtiyozli sharoitlar yaratiladi. Bu esa
ishlab chiqarishda uchrab
turadigan to’xtab qolishlar yoki sustkashliklarni qisqartirishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda ahamiyatli tarzdagi investitsion resurslarni kreditlarsiz
kontsentratsiyalashning iloji yo’q (yoki kam ehtimolga ega). Buning natijasida
sanoat tuzilmalarining tashqi moliyaviy manbalar va ssudali kapitallar bozoriga
bog’liqligi doimiy ravishda o’sib boraveradi.
Turli tuzilmalarlarni guruhlarga birlashtirish natijasida ko’p jihatlar bo’yicha
yutug’larga
erishish mumkin, qachonki, agar bu birlashmada menejment yuqori
darajaga ko’tarilgan bo’lsa. Ilmiy-ishlab chiqarish,
moliyaviy va savdo-sotiq
salohiyatlarining kontsentratsiya qilinishi xo’jalik birligi guruhiga kiradigan har bir
a’zo tashkilot va korxona (yoki sub’ekt)ning ancha maqsadli yo’nalishda faoliyat
yuritishiga imkon yaratadi.
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning guruhlarga birlashishi
quyida ko’rsatilgan qo’shimcha ustunliklarga erishishni ta’minlaydi: