O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Qisqacha xulosa (резюме),
unda ob’ektning qanday vazifani bajarishga 
mo’ljallanganligi, yangidan yaratiladigan korxona nimani va nimaning hisobiga 
tovar 
ishlab 
chiqarishga 
intilayotganligi, 
ishlab 
chiqariladigan 
tovar 


82 
raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qilishi va nima uchun iste’molchilar aynan 
shu tovarni sotib olishni istayotganliklari ko’rsatiladi. Taqrizda kelgusida amalga 
oshiriladigan ishlardan qanday asosiy moliyaviy natijalar: sotiladigan tovarlarning 
hajmini bashorat qilish, olinadigan foyda, ishlab chiqarishga sarflanadigan 
mablag’lar, umumiy daromad va foyda olishning darajasi hamda rentabellik, 
shuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish muddati va shu kabilar beriladi. 
Tovarlar (ishlar va xizmatlar) turi
– mavjud bo’lgan, ya’ni oldindan 
ishlab chiqarilayotgan va yangi tovarlar nomenklaturasi, ko’satiladigan ishlar va 
xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarish texnologiyasining ustunligi nimadan iborat 
ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtiradi. Agar bu qurilish 
yoki loyihalash – ilmiy tekshirish tashkilotiga tegishli bo’lsa, u holda bu qurilish 
yoki loyihalash – ilmiy tekshirish tashkiloti qanday salohiyatga ega ekanligi 
e’tiborga olinadi. 
Savdo-sotiq bozorlari
 
– savdo
-
sotiq bilan shug’ullanayotgan mavjud 
bozorlarni tahlil qilish, ta’sir o’tkazish doirasini kengaytirish bo’yicha takliflar 
keltiriladi. Iste’molchilarni, ularning talab
-
ehtiyojlarini aniqlash va ularga 
mahsulotlarni qanday qilib yetkazish eng muhim omillar bo’lib hisoblanadi. 
Buyurtmachini yaxshi tushunmasdan turib, mahsulotlar, ishlar va ko’rsatilayotgan 
xizmatlarning kuchli va zaif tomonlarini baholash ancha qiyin bo’ladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin