233
5510–“Akkreditivlar”;
5520–“Chek daftarchalari”;
5530–“Boshqa maxsus schyotlar”.
5510 “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablag‘lari hisobga
olinadi. Akkreditivga pul mablag‘larini o‘tkazish 5510 “Akkreditivlar” schyotining
debetida va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta
schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning
kreditida aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha akkreditivga hisobga olingan pul
mablag‘lari ularning ishlatilishi bo‘yicha (bank ko‘chirmalariga asosan), 6010
“Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”ning debetiga
hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘lar,
bank tomonidan
ular qaysi schyotdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510
“Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat
ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”
va boshqa
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob korxona tomonidan
qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha alohida yuritiladi.
5520
“Chek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul
mablag‘larining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul
mablag‘larini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” schyotining debeti va 5110
“Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 “Chet
eldagi valyuta schyotlari”, 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa
schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Korxona tomonidan berilgan cheklarning
to‘lovi doirasidagi summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditidan
xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobdan
chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan to‘lanmagan (to‘lovga
taqdim etilmagan) summa 5520 “Chek daftarchalari”
schyotida qoladi va ushbu
5520 “Chek daftarchalari” schyotining qoldig‘i bank ko‘chirmalari bilan mos
234
kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi
5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditida 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210
“Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va
boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun korxona xodimlariga
hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablag‘larning harakati ustidan
nazorat tezkor ravishda yuritiladi.
5520 “Chek daftarchalari” schyoti bo‘yicha analitik
hisob har bir olingan
chek daftarchalari bo‘yicha yuritiladi.
5530-“Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli
moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar,
obyektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga
foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari;
korxonaning talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital
qo‘yilmalarni moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va
shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Korporativ kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblarning
buxgalteriya hisobi
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” pul mablag‘larini hisobga olishning maxsus
hisobvarag‘ida yuritiladi. Korporativ kartochka tutib turuvchisi uni olgan kundan
boshlab 10 kundan kechiktirmay buxgalteriya oldida undan sarflangan mablag‘lar
to‘g‘risida hisobot berishi shart. Buyruq bilan hisobot uchun kam muddat,
masalan, - har kun har bir ish kuni oxirida deb ham belgilash mumkin.
Agar kartochkadan xizmat safari xarajatlari to‘lansa, hisobot xodim xizmat
safaridan qaytganidan keyin 3 kun mobaynida taqdim etiladi.
4230-hisobvaraq kartaning mas’ul tutuvchisi (kompaniyaning shtatdagi
xodimi) qilingan xarajatlar bo‘yicha hisobot
berganidan keyin yopiladi
(debetlanadi). Bunda ayni nimaga haq to‘langanligiga qarab turli hisobvaraqlar
debetlanadi.
Misol uchun, kantselyariya tovarlari xarid qilinganda 1080 “Inventar va
235
xo‘jalik anjomlari” hisobvarag‘i debetlanadi, agar printer uchun tonerni
almashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘langan bo‘lsa, 9420 “Ma’muriy
xarajatlar” hisobvarag‘i debetlanadi.
Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat
haqi, alohida xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar)
amalga oshirish
uchun ochilgan joriy schyotlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati
alohida schyotda aks ettiriladi.
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul
mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini
ta’minlashi lozim.
20-jadval
Dostları ilə paylaş: