73
buyumlar nafaqat tashqi ko‘rinishi
va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi
bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan
mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan
yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan
iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya
hisobida aks ettirish, birinchidan,
unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan,
ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish
xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona
o‘lchov
birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida
yig‘ma ko‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat
sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham
ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan
xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat
vositalari va ishchi
kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining
boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi.
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan
moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida
yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi. Bu bosqichning
yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya
hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar,
ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va
mahsulot sotishiga qilingan
xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun
mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda
sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar
summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko‘p bo‘ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish
74
sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi.
Bu yerda
buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona
tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i
aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak
bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: