O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablaglari hisobi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

 
11.7. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablaglari hisobi 
O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar
chek daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul 
mablag‘larining mavjudligi va harakati to‘g‘risida, shuningdek, maqsadli 
moliyalashtirish (tushumlar) pul mablag‘larining alohida saqlanadigan qismining 
harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga 
oshiriladi: 


233 
5510–“Akkreditivlar”; 
5520–“Chek daftarchalari”; 
5530–“Boshqa maxsus schyotlar”. 
5510 “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablag‘lari hisobga 
olinadi. Akkreditivga pul mablag‘larini o‘tkazish 5510 “Akkreditivlar” schyotining 
debetida va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta 
schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning 
kreditida aks ettiriladi. 
5510 “Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha akkreditivga hisobga olingan pul 
mablag‘lari ularning ishlatilishi bo‘yicha (bank ko‘chirmalariga asosan), 6010 
“Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”ning debetiga 
hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘lar, bank tomonidan 
ular qaysi schyotdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510 
“Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat 
ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa 
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
5510 “Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob korxona tomonidan 
qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha alohida yuritiladi. 
5520 
“Chek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul 
mablag‘larining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul 
mablag‘larini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” schyotining debeti va 5110 
“Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 “Chet 
eldagi valyuta schyotlari”, 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa 
schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Korxona tomonidan berilgan cheklarning 
to‘lovi doirasidagi summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditidan 
xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobdan 
chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan to‘lanmagan (to‘lovga 
taqdim etilmagan) summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotida qoladi va ushbu 
5520 “Chek daftarchalari” schyotining qoldig‘i bank ko‘chirmalari bilan mos 


234 
kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 
5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditida 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 
“Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va 
boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun korxona xodimlariga 
hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablag‘larning harakati ustidan 
nazorat tezkor ravishda yuritiladi. 
5520 “Chek daftarchalari” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir olingan 
chek daftarchalari bo‘yicha yuritiladi. 
5530-“Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli 
moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar, 
obyektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga 
foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari; 
korxonaning talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital 
qo‘yilmalarni moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va 
shu kabilarning harakati hisobga olinadi. 
Korporativ kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi 
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” pul mablag‘larini hisobga olishning maxsus 
hisobvarag‘ida yuritiladi. Korporativ kartochka tutib turuvchisi uni olgan kundan 
boshlab 10 kundan kechiktirmay buxgalteriya oldida undan sarflangan mablag‘lar 
to‘g‘risida hisobot berishi shart. Buyruq bilan hisobot uchun kam muddat, 
masalan, - har kun har bir ish kuni oxirida deb ham belgilash mumkin. 
Agar kartochkadan xizmat safari xarajatlari to‘lansa, hisobot xodim xizmat 
safaridan qaytganidan keyin 3 kun mobaynida taqdim etiladi. 
4230-hisobvaraq kartaning mas’ul tutuvchisi (kompaniyaning shtatdagi 
xodimi) qilingan xarajatlar bo‘yicha hisobot berganidan keyin yopiladi 
(debetlanadi). Bunda ayni nimaga haq to‘langanligiga qarab turli hisobvaraqlar 
debetlanadi. 
Misol uchun, kantselyariya tovarlari xarid qilinganda 1080 “Inventar va 


235 
xo‘jalik anjomlari” hisobvarag‘i debetlanadi, agar printer uchun tonerni 
almashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘langan bo‘lsa, 9420 “Ma’muriy 
xarajatlar” hisobvarag‘i debetlanadi. 
Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat 
haqi, alohida xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish 
uchun ochilgan joriy schyotlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati 
alohida schyotda aks ettiriladi. 
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish 
O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul 
mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini 
ta’minlashi lozim. 
20-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin