18
joylarni barpo etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan barcha manbalar
hisobidan 22 trln. so‗m miqdorida yoki 2017- yilga nisbatan 4,8 trln. so‗mdan ziyod
miqdorda investitsion kreditlar ajratildi.
Respublikada ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‗nalishlari
quyidagi 7-rasmda keltirilgan.
7-rasm. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‗nalishlari
2018- yilda tijorat banklarining investitsion faoliyatida asosiy e‘tibor 2017-
2021 yillarga mo‗ljallangan Harakatlar strategiyasi asosida iqtisodiyotni yanada isloh
qilish, tarkibiy qayta o‗zgartirish va modernizatsiyalash umumiy dasturini tashkil
etuvchi, shu jumladan:
- iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‗zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya
va diversifikatsiya qilishni ta‘minlash;
-
muhandislik-kommunikatsiya
hamda
yo‗l-transport
infratuzilmasini
rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
- iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini kamaytirish,
energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‗yicha chora-tadbirlar dasturlaridagi
investitsion loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etishga qaratiladi.
Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish. 2017- yilda boshlangan
iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan
iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‗rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-
Dostları ilə paylaş: