O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti


-rasm. O`zbekiston   Respublikasi  sug`urta  bozorida 2014-2016  yillar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/28
tarix07.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#54863
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
ozbekistonda javobgarlikni sugurtalashning mexanizmlarini amalga oshirishning iqtisodiy tahlili (1)

3-rasm. O`zbekiston   Respublikasi  sug`urta  bozorida 2014-2016  yillar  

oralig`ida  to`langan   jami sug`urta   to`lovlari   dinamikasi. (mln. so`mda)

7

 

 

Yuqorida aytilganidek, majburiy sug‘urtada, sug‘urtalash shartlari, qoidalari, 



tarif  stavkalari  va  sug‘urtalanadigan  risklar  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

belgilanadi. SHunday ekan, majburiy sug‘urta xizmatlari bozorida raqobat xizmat 

ko‘rsatishning  sifat  va  etkazilgan  zararlarni  operativ  hal  qilish  muddatlariga 

qaratiladi.  Zararlarni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  hal  qilish  orqali  sug‘urta  tashkilotlari 

majburiy sug‘urta bozorida yangi mijozlarni jalb qilishi mumkin bo‘ladi.    

Taxminiy  hisob-kitoblarga  ko‘ra  har  yili  O‘zbekiston  sug‘urta  xizmatlari 

bozorida  avtotransport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy 

sug‘urtasi bo‘yicha 30 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ko‘zda 

tutilgan. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  shuni  ta’kidlash  mumkinki,  «Transport 

vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, quyidagilarni: 

                                           

7  O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  www.mf.uz  –  internet  sahifasi  ma`lumotlari 

asosida  muallif tomonidan tayyorlandi

.

 



74632,6 

99830,6 


130456,8 

45325,9 


56055,7 

97372,6 


29306,7 

43744,9 


33084,2 

50000 



100000 

150000 


2014-yil 

2015-yil 

2016-yil 

majburiy sug`urta 

ixtiyoriy sug`urta 

umumiy  



21 

 

-ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  majburiy  sug‘urta  tizimini  shakllantirish 



orqali yo‘l transport hodisalari oqibatida zarar ko‘rgan jabrlanuvchilarning ijtmoiy 

himoyalanishini;  

-yo‘l transport hodisalari natijasida aybdor va jabrlanuvchilar o‘rtasida kelib 

chiqqan nizolarning katta qismini sudlashishlarsiz hal etishni; 

-mamlakatda sug‘urta madaniyatining shakllanishini va aholining sug‘urtaga 

bo‘lgan qiziqishini oshirishni; 

-majburiy  sug‘urta  xizmatining  zamonaviy  va  xalqaro  talablar  darajasida 

ko‘rsatilishini; 

-qonunda 

ko‘rsatilgan  sug‘urta  qoplamalarini  kafolatlash  fondida 

to‘planadigan  vaqtincha  bo‘sh  pul  mablag‘larining  likvidlilik,  daromadlilik  va 

qaytarishlilik tamoyillari asosida iqtisodiyotning turli sohalariga yo‘naltirish orqali 

sug‘urta  sohasining  iqtisodiyotga  kiritadigan  salmoqli  investitsiya  miqdorini 

oshirishni; 

-majburiy  sug‘urta  turlarini  amalga  oshiruvchi  sug‘urta  tashkilotlariga 

nisbatan,  sug‘urtalanuvchilarning  manfaati  nuqtai-nazaridan  alohida  talablarni 

belgilashni; 

-sug‘urta  bozoridagi  majburiy  sug‘urta  turlarining  ulushini  oshirish  hamda 

umuman sug‘urta bozorining yanada rivojlanishida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 

Yuqorida  aytilganidek,  2008  yil  majburiy  sug‘urta  turlarining  huquqiy 

asoslarini shakllantirish yili bo‘ldi. Shunday majburiy sug‘urta turlaridan yana biri 

bu  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini 

majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida»gi  qonuni  hisoblanadi.  Qonun  2009  yil  16 

aprel  kuni    Prezidentimiz  tomonidan  imzolandi.  Ma’lumki,  «Ish  beruvchining 

fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi  qonunning asosiy 

maqsadi  bu  ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishdan  iborat.  Ish  beruvchining  fuqarolik 

javobgarligi  majburiy  sug‘urtasini  amalga  oshirish  maqsadida  2009  yilning  24 

iyunida  O‘zbekiston  respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «O‘zbekiston 

Respublikasining  «Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta 




22 

 

qilish  to‘g‘risidagi»  Qonuni  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  177-



sonli qarori qabul qilindi. Bu hujjatning asosiy maqsadi ish beruvchining  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug‘urtalashni  to‘laqonli  amalda  qo‘llanilishini 

ta’minlashdan  iborat.  Ushbu  majburiy  sug‘urta  turi  bo‘yicha  sug‘urta 

munosabatlarining  sub’ektlari  bo‘lib  quyidagilar  hisoblanadi,  ya’ni  ish  beruvchi, 

ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  shartnomasi 

bo‘yicha  sug‘urtalovchi,  annuitetlar  shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urtalovchi, 

jabrlanuvchi va naf oluvchilar.  

Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib 

bo‘lish,  kasb  kasalligiga  chalinishi  yoki  sog‘lig‘ining  boshqacha  tarzda 

shikastlanishi  munosabati  bilan  uning  hayoti  sog‘lig‘iga  etkazilgan  zararning 

o‘rnini qoplash bo‘yicha  ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganda 

uning  mulkiy  manfaatlari  ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligi  majburiy 

sug‘urta qilish ob’ektidir. 

Ushbu  sug‘urta  turida  sug‘urta  shartnomasining  amal  qilish  davrida  xodim  

o‘z  mehnat    vazifalarini    bajarishi  bilan  bog‘liq  holda  mehnatda  mayib  bo‘lishi, 

kasb  kasalligiga  chalinishi  yoki  sog‘ligining  boshqacha  tarzda  shikastlanishi 

munosabati  bilan  xodimning  hayoti  yoki  sog‘lig‘iga    etkazilgan  zarar  sug‘urta 

hodisasi bo‘lib hisoblanadi.  

Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli quyidagicha belgilanadi: 

-  ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy    sug‘urta  qilish 

shartnomasi  tuzilgan  sanadagi  holatga  ko‘ra  faoliyatini  bir  yildan  ortiq  amalga 

oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun – mazkur shartnoma tuzilgan oydan oldingi 

o‘n ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida; 

-  o‘z  faoliyatini  yangitdan  amalga  oshirayotgan  ish  beruvchi  uchun  –  ish 

beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  shartnomasi 

tuzilgan  oydan    keyin    keladigan  o‘n  ikki  oy  uchun  ish  beruvchi  barcha 

xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida. Bunda yillik ish  haqi  birinchi oydagi 

ish haqi miqdorini o‘n ikkiga ko‘paytirish orqali hisoblab chiqariladi; 



23 

 

- faoliyati bir yildan kam bo‘lgan muddatga amalga oshiruvchi ish beruvchi 



uchun  –  ish  beruvchi  barcha  xodimlarining  ish  beruvchining  mazkur  faoliyati 

amalga oshiradigan muddatdagi ish haqi miqdorida. 

Ish  beruvchining    fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

shartnomasining amal qilish muddati davomida yillik ish haqi  miqdori o‘zgargan 

taqdirda,  bu  shartnomaning  sug‘urta  puli  va  sug‘urta  mukofoti  qismiga  ushbu 

shartnomaga  yozma  ravishda  qo‘shimcha  kelishuv  tuzish  orqali  o‘zgartirishlar 

kiritiladi. Bunda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 

shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urta  mukofotini  qayta  hisob-kitob  qilish  mazkur 

shartnoma  tuzilgan    sanada  amalda  bo‘lgan  sug‘urta  tarifi  bo‘yicha,  qolgan 

sug‘urta davri va sug‘urta puliga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.   

Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urta  mukofoti  sug‘urta  pulini  sug‘urta  tarifiga 

ko‘paytirish orqali hisoblab chiqariladi va bir yo‘la to‘lanadi. 

Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib 

bo‘lishi,  kasb  kasalligiga  chalinishi  yoki  sog‘lig‘ining  boshqacha  tarzda 

shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga  etkazilgan zararning 

o‘rnini  qoplash  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  aniqlanadi.  Majburiy 

sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tovoni etkazilgan zarar miqdorida, lekin sug‘urta 

puli miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorida to‘lanadi. 

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 

sug‘urta tovoni: 

-  jabrlanuvchi  mehnatda  mayib  bo‘lguniga  qadar  olgan  o‘rtacha  oylik  ish 

haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik 

darajasiga    muvofiq  belgilanadigan  har  oylik  to‘lov    yoki  kasb  kasalligi 

aniqlangunga  qadar  olgan  o‘rtacha  oylik  ish  haqiga  nisbatan  foiz  hisobida 

belgilanadigan har oylik to‘lov; 

-  marhumning  o‘rtacha  oylik  ish  haqi  miqdoridagi,  uning  o‘ziga  va 

qaramog‘ida    bo‘lgan,  lekin  etkazilgan  zararning  o‘rni  qoplanishiga  haqli 




24 

 

bo‘lmagan,  mehnatga  qobiliyatli  shaxslarga  to‘g‘ri  keladigan  ulush  chegirib 



tashlangan holdagi har oylik to‘lov; 

- qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga 

bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovi; 

-  xodim  vafot  etgan  taqdirda  ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini 

majburiy sug‘urta qilish shartnomasida belgilangan miqdorda dafn etish xarajatlari; 

-  ish  beruvchining  qo‘shimcha  xarajatlarini  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

kompensatsiya qilish tarzida amalga oshiriladi.              

   Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 

sug‘urta tariflari bazaviy stavka va koeffitsientlardan iboratdir. 

 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 

sug‘urta  tarifining  bazaviy  stavkasi  barcha  ish  beruvchilar  va  sug‘urtalovchilar 

uchun yagonadir va 0,1 foizni tashkil etadi. 

 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 

sug‘urta tariflarining koeffitsientlari ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan 

faoliyat  turlarining  xavflilik  darajasiga  bog‘liq  holda  belgilanadi.  Ish  beruvchi 

faoliyati  turlarining  xavflilik  darajasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 177-sonli qaroriga  muvofiq 20-klassga  ajratilgan  va  0,571  dan   -  

7,714 gacha qilib belgilangan. 

Ish beruvchining majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti  

quyidagi (2.1) formula orqali aniqlanadi:  

 

 

                        Sm = Sp * Tb * Ixk / 100         (2.1) 



bunda: 

Sm – yillik sug‘urta mukofoti; 

Sp – sug‘urta puli; 

Tb – tarifning bazaviy stavkasi; 

Ixk – ish beruvchining xavflilik koeffitsienti. 



25 

 

  Majburiy  sug‘urta  shartnomasini  bir  yildan  kam  muddatga  tuzmoqchi 



bo‘lgan  ish  beruvchilar  uchun  sug‘urta  mukofoti  miqdori  quyidagi  (2.2)  formula 

orqali hisoblanadi:  

   

 

 



 

 

                      Sm = Sp * Tb * Ixk / 100 / 365 * Kun     (2.2) 



bunda: 

Sm – yillik sug‘urta mukofoti; 

Sp – sug‘urta puli; 

Tb – tarifning bazaviy stavkasi; 

Ixk – ish beruvchining xavflilik koeffitsienti; 

Kun – sug‘urta shartnomasi amal qiladigan muddat.  

Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligi  sug‘urtasining  joriy  qilinishi 

mehnatkashlarning  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  duch  keladigan  muammolarni 

echishga  yaqindan  yordam  beradi.  Qolaversa,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

davlatning  muhim  vazifalaridan  biri  bozor  munosabatlari  sub’ektlarining  mehnat 

huquqlarini yuqori darajada himoyalanganligini ta’minlashdir. 

Xalqaro amaliyotda keng tarqalgan javobgarlikni majburiy sug‘urtalashning 

yana bir turi mavjud, bu xavfli ishlab chiqarish bilan bog‘liq tashkilotlarning atrof 

muhitga  va  uchinchi  shaxslarga  zarar  etkazganlik  uchun  javobgarligini  sug‘urta 

qilishdir. 

Hozirgi  kunda  mamlakatimiz  sug‘urta  xizmatlari  bozorida  shu  tartibdagi 

javobgarlikni  sug‘urtalash  turi  mavjud.  2006  yil  28  sentyabrda  O‘zbekiston 

Respublikasining  «Xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektlarining  sanoat  xavfsizligi 

to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning 20  – moddasi xavfli ishlab 

chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan holda zarar etkazganlik uchun javobgarlikni 

majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida,  jumladan  unda,    «xavfli  ishlab  chiqarish 

ob’ektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) 

mol-mulkiga  hamda  atrof-muhitga  zarar  etkazganlik  uchun  javobgarlik  qonun 

hujjatlarida belgilanadigan tartibda majburiy sug‘urta qilinishi kerak. Ish beruvchi 

xavfli ishlab chiqarish ob’ekti xodimlarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar 



26 

 

etkazganlik uchun mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi» deb 



ta’kidlangan.  Ushbu  qonunning  amaldagi  ijrosini  ta’minlash  maqsadida  2008  yil 

10  dekabrda  «Xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektlarining  sanoat  xavfsizligi 

to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunini  amalga  oshirishga  doir 

qo‘shimcha  chora-tadbirlar  haqidagi  271-sonli  Vazirlar  Mahkamasining  qarori 

qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektida  avariya 

yuz  bergan  taqdirda  boshqa  shaxslarning  hayoti,  sog‘lig‘i  va  (yoki)  mol-mulkiga 

hamda  atrof-muhitga  zarar  etkazganlik  uchun  fuqarolik  javobgarligini  majburiy 

sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi.  

 Ushbu  Nizom  «Xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektlarining  sanoat  xavfsizligi 

to‘g‘risida»,  «Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

qonunlariga  muvofiq  faoliyati  xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektida  avariya  sodir 

bo‘lganda  boshqa  shaxslarning  hayoti,  sog‘lig‘i  va  (yoki)  mol-mulkiga  hamda 

atrof-muhitga  zarar  etkazish  xavfi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tashkilotlar,  xavfli  ishlab 

chiqarish  ob’ektlaridan  foydalanuvchi  tashkilotlarning  mulkiy  manfaatlarini 

sug‘urtaviy himoya qilish shartlarini belgilaydi. 

Maxsus  vakolatli  davlat  organi  tomonidan  berilgan  litsenziyaga  muvofiq 

fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilishga  haqli  bo‘lgan  sug‘urta 

tashkilotlari  sug‘urtalovchilar  bo‘lishi  mumkin.    Bunda,    xavfli  ishlab  chiqarish 

ob’ektida avariya sodir bo‘lganda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) 

mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar etkazilganligi uchun sug‘urtalanuvchining 

fuqarolik  javobgarligining  boshlanish  fakti  sug‘urta  hodisasi  bo‘lib  hisoblanadi. 

Avariyalar  quyidagi  hollarda  yuz  berishi  mumkin,  -  inshoatlar  va  (yoki)  xavfli 

ishlab  chiqarish  ob’ektlarida  qo‘llanadigan  texnika  qurilmalarining  buzilishi, 

sug‘urta  shartnomasi  amal  qiladigan  davrda  ro‘y  bergan  nazorat  qilib 

bo‘lmaydigan portlash va  xavfli moddalarning ajralib chiqishi holatlari. 

Sug‘urta  tashkilotlari    quyidagilar  oqibatida  paydo  bo‘lgan  fuqarolik 

javobgarligi  bo‘yicha javobgarlik olib bormaydilar: 

a)  yadroviy  portlash,  radiatsiya,  radioaktiv  zararlanish,  agar  ular  ushbu 

ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmasa; 



27 

 

b)  harbiy  harakatlar,  shuningdek  manyovrlar  yoki  boshqa  harbiy  tadbirlar, 



qurolli tuzilmalar yoki terrorchilarning harakatlari; 

v)  ommaviy  tartibsizliklar,  boshqa  fuqarolar  bo‘ysunmasligining  jamoaviy 

holatlari, ish tashlashlar; 

g)  engib  bo‘lmaydigan  kuchlar  holatlarining  ta’siri:  tabiiy  ofatlar,  stixiyali 

tusdagi tabiat hodisalari; 

d)  xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektidan  foydalanish  bilan  bevosita  bohliq 

bo‘lmagan holatlarning paydo bo‘lishi; 

e) qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlar. 

Xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektida  avariya  sodir  bo‘lgan  taqdirda  boshqa 

shaxslarning  hayoti,  sog‘lig‘i  va  mol-mulkiga  hamda  atrof-muhitga  zarar 

etkazilganligi  uchun  xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektlaridan  foydalanuvchi 

tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta 

qilishning eng kam miqdori 2008 yil 10 dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining 271-

sonli  qarori  va  xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektining  tegishli  turiga  muvofiq 

belgilanadi, (2-jadval). 


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin