O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti


  Javobgarlikni  sug’urtalashni  xorij  tajribasi  va  uni  O’zbekistonda



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/28
tarix07.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#54863
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
ozbekistonda javobgarlikni sugurtalashning mexanizmlarini amalga oshirishning iqtisodiy tahlili (1)

3.2  Javobgarlikni  sug’urtalashni  xorij  tajribasi  va  uni  O’zbekistonda 

qo’llash istiqbollari 

 

Chet  elda  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta 



qilish  bilan  shug‘ullanadigan  ixtisoslashgan  sug‘urta  kompaniyalari  bilan  bir 

qatorda,  o‘zaro  sug‘urta  jamiyatlari  ham  keng  tarqalgan.  Ushbu  jamiyatlar  o‘z 

a’zolariga  yuridik  masalalar  bo‘yicha  maslahatlar  beradi,  sud  instansiyalarida 

ularga  madad  ko‘rsatadi,  shuningdek  etkazilgan  zarar  uchun  kompensatsiyalar 

to‘lanishini  ta’minlaydi.  Mazkur  amaliyotni  O‘zbekistonda  qo‘llash  uchun 

O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zaro  sug‘urta  to‘g‘risida”gi  Qonuni  qabul 

qilinishi lozim. 

O‘tgan asrning oltmishinchi yillari oxirigacha fuqarolik javobgarligi va kasbiy 

javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilishni  faqat  universal  sug‘urta  kompaniyalari 

amalga  oshirgan,  lekin  keyinchalik  faqat  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy 

javobgarlikning aniq turlarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan 

kompaniyalar paydo bo‘lgan. 




47 

 

Chet  el  mamlakatlarining  aksariyatida  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy 



javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari o‘z 

zimmasiga  oladigan  javobgarlik  hajmi  odatda  cheklanadi.  Masalan,  AQSHda 

tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligi sug‘urta qilishga ixtisoslashgan sug‘urta 

kompaniyalarining  aksariyati  har  bir  sug‘urta  hodisasi  bo‘yicha  1  mln.  dollardan 

oshmaydigan, lekin tushgan shikoyatlar sonidan qat’i nazar 3 mln. dollardan ortiq 

bo‘lmagan miqdorda kompensatsiyalar to‘laydi. 

Fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilish 

bo‘yicha  polis  uchun  haq  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarning  sug‘urta 

amaliyotida  yoki  o‘zaro  sug‘urta  jamiyatlarida  a’zolik  badallari  miqdori  o‘rtacha 

daromadlardan  va  uchinchi  shaxslarning  mulkiy  manfaatlariga  zarar  etkazilishi 

xavfining  darajasidan  kelib  chiqib  belgilanadi.  Xavf  darajasi  o‘tgan  yillar  uchun 

taqdim  etilgan  da’vo  arizalari  soni  va  kompensatsiyalarning  miqdorlari 

to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. 

Tibbiyot  xodimlarining  kasbiy  javobgarligini  sug‘urta  qilishni  rivojlantirish 

hozirgi  vaqtda  o‘ta  dolzarb  muammolardan  biri  hisoblanadi.  U  ham  patsientlar, 

ham  tibbiyot  xodimlarini  huquqiy  va  ijtimoiy  himoya  qilish  darajasini  oshirish 

zarurati bilan bog‘liq.  

Sug‘urta  bozori  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  javobgarlikni  sug‘urta 

qilish  iqtisodiy  foydali  faoliyat  hisoblanishini  ko‘rsatadi.  SHu  tufayli  ham, 

mamlakatimiz  javobgarlikni  sug‘urta  qilishni  rivojlantirish  borasida  orqada 

qolganini  hisobga  olib,  ushbu  sug‘urta  turini  jadal  rivojlantirish  va 

takomillashtirishni  ta’minlash  choralari  ko‘rilishi  lozim,  deb  hisoblaymi.  Bu 

borada jiddiy islohotlar amalga oshirilgan holda javobgarlikni sug‘urta qilish yaqin 

vaqt ichida odatdagi amaliyotga aylanishi lozim.  

O‘zbekistonda  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  xizmatlari  hozircha  keng 

tarqalmagan.  Ammo  sug‘urta  faoliyatining  mazkur  turini  jadal  sur’atlarda 

rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.  

So‘nggi  yillarda  O‘zbekiston  tashqi  iqtisodiy  operatsiyalar  hajmini  sezilarli 

darajada ko‘paytirdi. Bugungi kunda u xalqaro maydonda jiddiy aktorga aylandi va 



48 

 

ushbu  tendensiya,  bizningcha,  bundan  buyon  ham  davom  etadi.  Oxirgi  o‘n  yilni 



tahlil qilsak, javobgarlikni sug‘urta qilishni rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi 

mumkin  bo‘lgan  omillarning  barchasi  O‘zbekiston  Respublikasida  hozir  mavjud 

ekanligining 

guvohi 


bo‘lamiz. 

Ushbu 


omillar 

orasida 


O‘zbekiston 

Respublikasining  boshqa  mamlakatlar  bilan  savdo  aylanmasi  hajmining  o‘sishi, 

aholi  umrining  uzayishi,  ish  haqi  o‘rtacha  darajasining  o‘sishi,  tibbiy  xizmatlar 

qiymatining  oshishi,  mamlakat  iqtisodiyoti  va  aholi  farovonligining  o‘sishi  ham 

bor.  Farovonlik  o‘sayotgan  bo‘lsa,  mulkiy  manfaatlarni  himoya  qilishga  bo‘lgan 

ehtiyoj  ham  oshadi  va  bu  javobgarlikni  sug‘urta  qilishga  bo‘lgan  talabning 

oshishiga olib keladi.  

Hayot va sog‘liqqa zarar etkazganlikka doir da’volar bo‘yicha mamlakatimiz 

sudlarining  qarorlariga  ko‘ra  to‘lanayotgan  sug‘urta  tovonlari  miqdorlari  so‘nggi 

vaqt ichida ancha ko‘paydi. Albatta, ular G‘arbiy Evropa mamlakatlari darajasiga 

etgani yo‘q, lekin, shunga qaramay, jarayon ancha jadal kechayotir. 

Shunday  qilib,  O‘zbekistonda  iqtisodiy  rivojlanish  darajasining  yuksalishiga 

qarab, ham yuridik ta’minlashning rivojlanishi, ham yangi mahsulot va uni ishlab 

chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq yangi xavflar paydo bo‘lishi munosabati bilan 

sug‘urta hodisalari va e’tirozlar soni ko‘payib boradi. Demak, vaqt o‘tishi bilan bu 

erda  G‘arbiy  Evropadagiga  o‘xshash  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  bozori 

shakllanadi. 

Mamlakatimiz  tajribasi  va  xorijiy  tajribani  solishtirish  fuqarolik  javobgarligi 

va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilishning  umumiy  mantiqi 

respublikamizda  g‘arb  bilan  ayni  bir  yo‘nalishda  rivojlanayotganini  ko‘rsatadi. 

Mavjud farqlar asosan sug‘urta qonunchilik bazasi lozim darajada rivojlanmagani, 

sug‘urta polislari puxta ishlab chiqilmagani va moslashuvchan emasligi, fuqarolik 

javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilish  bo‘yicha 

sug‘urtalovchilar  va  sug‘urta  qildiruvchilar  tajribasining  ozligi,  shuningdek 

fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilishning 

targ‘iboti va reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani bilan belgilanadi. 

 



49 

 


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin