1
(
)B
Shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, monoxromatik nurlarning hech birini (R, G va B
nurlarining o‗zlaridan boshqa) qo‗shilish koeffitsiyentlarining faqat musbat
qiymatlari bilan berish mumkin emas ekan. Buni Maksvell uchburchagi asosida
tuzilgan ranglar grafigi yordamida yaqqol ko‗rsatish mumkin. Egri chiziqning yuqori
50
qismi sof monoxromatik ranglarga to‗g‗ri keladi, pastdagi 380 dan 780 nmgacha
bo‗lgan chiziq esa qirmizi deb ataluvchi ranglarni (ko‗k va qizil ranglar aralashmasi)
ifoda etadi, ular monoxromatik ranglar emas. Egri chiziq chegarasining ichida
bo‗lgan nuqtalar real (mavjud) ranglarga, chegaradan tashqaridagi nuqtalar esa –
noreal (mavjud bo‗lmagan) ranglarga mos keladi. Uchburchak ichida joylashgan
nuqtalar r
1
, g
1
va b
1
koeffitsiyentlarning manfiy bo‗lmagan qiymatlariga mos keladi
va RGB tashkil etuvchilarning qo‗shilishi bilan hosil bo‗ladigan ranglarni to‗liq
qamrab ololmaydi – ba‘zi to‗yingan ranglar ushbu uch tashkil etuvchining
aralashmasi sifatida qaralishi mumkin emas. Birinchi navbatda bular havo rangning
barcha nozik turlarini ham o‗z ichiga oluvchi yashildan ko‗kkagacha bo‗lgan ranglar
– bu ranglar rang grafigi egri chizig‗ining chap qanotida to‗g‗ri keladi. Shuni yana bir
bor ta‘kidlamoqchimizki, bu yerda so‗z to‗yingan ranglar haqida borayotir, chunki,
masalan, to‗yinmagan havo ranglarni RGB tashkil etuvchilarining qo‗shilishi tufayli
olish mumkin. Ranglarni to‗liq qamrab ololmasligiga qaramay, RGB tizimi hozirgi
paytda – birinchi navbatda rangli televizorlarda va kompyuterlarning displeylarida
keng qo‗llanilmoqda. Rangni ba‘zi nozik turlarining etishmasligi unga ham
sezilmaydi.
RGB tizimining ommabopligini ta‘minlovchi yana bir omil uning yaqqol
ko‗rinishidir: asosiy ranglar ko‗rish spektrining yaqqol farqlanadigan qismlarida
joylashgandir.
Bundan tashqari, insonning rangli ko‗rishini tushuntiruvchi gipotezalardan biri
uch tashkil etuvchili nazariya bo‗lib, u odamning ko‗rish tizimida uch tipdagi
yorug‗likni sezuvchi elementlar borigini ta‘kidlaydi. Bir tip elementlar yashil rangga,
boshqa tipi – qizil rangga, uchinchi tipi esa – ko‗k rangga javob beradi. Bunday
gipotezani Lomonosov ham aytgan edi, bu gipotezani asoslash bilan T. Yungdan
boshlab ko‗plab olimlar mashg‗ul bo‗ldilar. Shunisi ham borki, uch tashkil etuvchili
nazariya odamning rangli ko‗rishining yagona nazariyasi emas.
|