146
8.1-rasm. Inflyatsiyaning tasniflanishi
22
Inflyatsiya iqtisodiyotga
ham ijobiy tarafdan, ham salbiy jihatdan ta‘sir
o‘tkazadi. Bu esa uning o‘sish sur‘atlariga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa,
inflyatsiya iqtisodiyotda salbiy oqibatlarga olib keladi.
1. Iqtisodiyotda disproportsiyani, ya‘ni nomutanosiblikni kuchaytiradi.
Tovarlarga belgilangan baholarning notekis o‘sib borishi
ishlab chiqarishning bir
tarmog‘idan kapitallarni boshqa bir tarmoqqa qayta sarflashga sharoit yaratadi (bir
xil tarmoqlarda ishlab chiqarish kengayadi va boshqalarida esa qisqaradi). Bunda
uzoq muddatli investitsiyalarga xos rag‘batlantirish barbod bo‘ladi bu ishsizlik
ortib
ketishiga, kapital jamg‘arilishi jarayoni jilovlanishiga, sub‘ektlar o‘rtasidagi
xo‘jalik aloqalarining izdan chiqishiga olib keladi.
2. Ishlab chiqarishdan muomala sohasiga kapitalni qayta joylashtirish uchun
sharoit yaratadi. Kapital tez aylanadigan va foyda keltiradigan chayqovchilik savdo
22
Ромер Д. Высшая макроэкономика: Учебник/Д.Ромер. – М.: ИД ВШЭ, 2015.-стр.628
147
munosabatlari rivojlanadi. Inflyatsiya sanoat kapitalining
barcha shakllarini
qadrsizlanishiga olib keladi.
3. Iste‘mol talabi tuzilmasini izdan chiqaradi. Tovarlar bahosining o‘sib
ketishi pullar real boyliklarga – ularga bo‘lgan ehtiyojdan qat‘iy nazar tovarlarga
aylantirishga intilishni yuzaga keltiradi.
4. Ichki bozor sig‘imiga putur etkazadi. Aholi barcha qatlamlari real ish haqi
kamayib ketadi, to‘lovga qobil bo‘lgan talab qisqarishi hisobiga tovarlarni sotish
va o‘tkazish qiyinlashadi.
5. Pul-kredit tizimining faoliyatiga putur etkazadi.
Pullar harid qobiliyati
pasayishi pul jamg‘aramalari hajmi qisqarishiga va shu bilan moliya-kredit
muassasalari resurslarining qisqarishiga olib keladi. Kapitalni jalb etish va sarflash
sohalari uchun kurash keskin tus oladi. Ularning salmoqli qismi ichki bozorga
tovar shaklida ham pul shaklida ham qaytib kelmaydi.
6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Pullarning
qadrsizlanishi
eksport
faoliyati
bilan
shug‘ullanuvchi
firmalarning
raqobatbardoshligini pasaytiradi va xorijdan tovarlar olib kelishga imkoniyat
tug‘diradi. Kapitalni foydali bir tarzda sarflash va ishonchli bopshana izlash
maqsadida kapitalning chet mamlakatlarga chiqib ketishi ro‘y
beradi buning
natijasida esa mamlakatning to‘lov balansi yomonlashadi.
7. Davlat tomonidan moliyalashtirish jarayonini faollashtiradi va byudjetning
pul belgilari emissiyasi hisobiga to‘ldirib borilishini rag‘batlantiradi. Bunday
sharoitda g‘aznaga soliq tushumlari kamayadi,
davlat qarzi muammosi
keskinlashadi.
8. Valyuta inqirozini keskinlashtiradi. Mamlakatlar o‘rtasidagi inflyatsiya
sur‘atlaridagi tafovut valyutaning rasmiy va bozor kursi o‘rtasida nomuvofiqlikka
olib keladi. Inflyatsiya xalkaro to‘lov vositalari (ularning massasi) ko‘payishiga
sharoit yaratib beradi.
Inflyatsiya eng avvalo tovarlar va xizmatlarning tovar sifatiga solishtiriluvchi
baholar oshishida (oshkora va yashirincha) namoyon bo‘ladi. Inflyatsiya darajasini
oldingi davrga nisbatan olganda baholar darajasi ortishi (qo‘shimcha o‘sishi)
148
sur‘ati bilan xarakterlanadi va odatda bir yil uchun foizlarda iste‘mol narhlari
indeksi asosida hisoblab chiqiladi.
Inflyatsiya darajasini hisoblab chiqish uchun joriy davr iste‘mol narhlarini
bazis davr iste‘mol narhlari indeksidan chegirib tashlash, olingan farqni bazis davr
iste‘mol narhlari indeksiga taqsimlash va yuzga (foizlarda) ko‘paytirish
orqali
aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: