1) Risk omilini aniqlash risk sababini, ya‘ni loyihaga ta‘sir qila oladigan voqea yoki
vaziyatlarni aniqlash tushuniladi.
2) Risk omilini tahlil qilish va baholash (ikki guruxga bo’linadi) –risklarni sifat jihatdan baholash – risk turlarini, uni vujudga
keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo‘yicha tashkiliy
chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko‘zlaydi.
–risklarni miqdoriy baholash – loyiha risklarini sondagi ifodasini
loyiha ko‘rsatkichlari orqali hisoblash, risklarning paydo bo‘lish
ehtimolligini va risklarning loyihaga ta‘sirini aniqlash tushuniladi.
3) Riskni pasaytirish bo’yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini bartaraf etish tanlangan riskni boshqarish choralari va usullari doirasida aniq
chora-tadbirlarni qo‘llash tushuniladi.
4) Riskni oldini olish va nazorat qilish ma‘lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlar
ko‘rib chikiladi: risklar monitoringi; riskni istiqbolini belgilash;
taxdid soluvchi hatarlar haqida rahbarlarga ma‘lumot berish va bu
bilan bog‘liq ko‘rsatmalarni ishlab chiqish; riskni oldini olish va
nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar
amalga oshiriladi.
5) Risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo’llash risklarni boshqarishdagi asosiy yo‘llar quyidagilardan iborat:
risklarni ajratish; risklarni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida
taqsimlash; moddiy ta‘minotni olish (garov); moliyaviy ta‘minotni
olish (kafolat yoki kafillik); risklarni kredit bo‘yicha yuqori foiz
stavkasiga ko‘chirish; risklarni venchur kreditlashga qabul qilish;
qarzlar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun fondlarni
shakllantirish kabilardan iborat.
6) Natijalarni baholash risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma‘lumot to‘plash va
kelajakka tavsiyalar tuzish tushuniladi. Natijalarni baholash orqali
olingan ko‘rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga
oshirishda qo‘llaniladi.