Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Endi pasayish tartibiga qarab qiymatlar darajalarining namunaviy ketma-ketligini keltiramiz



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə30/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

Endi pasayish tartibiga qarab qiymatlar darajalarining namunaviy ketma-ketligini keltiramiz:



  • takror ishlab chiqarishning to‘liq qiymati;


  • o‘rin bosishning to‘liq qiymati;




  • foydalanilmayotgan ko‘chmas mulkka asoslangan bozor qiymati;



  • o‘rin bosishga asoslangan bozor qiymati;



  • rejali tugatish qiymati (tartibga solingan tugatish qiymati);



  • tezlashtirilgan tugatish qiymati;


  • sinish qiymati.

    Bu sarflashni amaliyotda qiymat darajalarining boshqa nisbati bilan ham qo‘llash mumkin. Masalan, ba’zan yangi texnikaning eski texnika oldida katta ustunliklarga ega bo‘lishi va bu bilan bog‘liq kapital xarajatlarning ortib ketishi tufayli ko‘chmas mulkning o‘rin bosish qiymati uning takror ishlab chiqarish qiymatidan kattaroq bo‘ladi. Yoki foydalanishda davom etishdagi asoslangan bozor qiymati tugatish qiymatidan ham, hatto sinish qiymatidan ham past bo‘ladi. Bunday holat, ko‘pincha asosiy fondlarning iqtisodiy eskirishida yuz beradi.
    Bozor riskni baholashdan maqsad, eng avvalo, riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Riskni baholashda xodimlari o‘z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun riskni oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishlari kerak.


    Har qanday loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini hal etishda risklarni baholash asosiy o‘rinni egallaydi. Bunday baholash asosida loyiha yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha yo‘qotishlar o‘rganilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo‘qotishlarni kamaytirish yoki
    38

    barham toptirish va ular bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun, eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya’ni “risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo‘ladi.


    Bozor risklarni baholashning maqsadi investorga bozor riskini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko‘ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari – buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug‘urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol yetkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bozor risklarini baholash, odatda, bir-birini to‘ldiruvchi ikki turga, ya’ni:




    1. Yüklə 0,89 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin