jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’ycha to’lovlar;
-
mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari;
-
chet el valyutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs tafovutlari bo’yicha zararlar;
-
sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni
qayta baholashdan ko’rilgan zararlar;
-
o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq
xarajatlar;
-
moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Auditor ushbu xarajatlarni tekshirishda 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlar bo’yicha hisob
yozuvlarini tekshiruvdan o’tkazib, ularning «Nizom»ga muvofiqligi va schyotlarda to’g’ri aks
ettirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi:
-
olingan royaltilar va kapital transferti;
-
O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda
qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo’yicha
dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog’ozlar
bo’yicha daromadlar;
-
mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish);
-
valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bo’yicha ijobiy
kurs
tafovutlari;
-
sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni
qayta baholashdan olingan daromadlar;
-
moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Yuqorida keltirilgan daromadlarni tekshirish uchun auditor 9510, 9520, 9530, 9540, 9550,
9560 va 9590-schyotlarning ma’lumotlarini o’rganib, ularning qonuniyligini va schyotlarda to’g’ri
aks ettirlganligini aniqlaydi.
Favqulodda zararlar – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga
chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro’y
berishi kutilmagan
odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida
aks ettirilishi kerak
bo’lgan o’tgan davr xarajatlari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga
javob berishi kerak:
-
korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik;
-
bir necha yil mobaynida
takrorlanmasligi kerak;
-
boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda zararlar qatoriga kiritish yoki kiritmaslik to’g’risida qarorlar
qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar
xo’jalik yurituvchi sub’ekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo’lsa, u holda iqlim sharoitlariga
bog’liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu
modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
Favqulodda foyda moddalari – bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan hodisa yoki
xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar
natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda
moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak
bo’lgan, o’tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda olingan foyda (ko’rilgan) zararlar to’g’risidagi axborotlarning to’g’ri
shakllanganligiga ishonch hosil qilish uchun auditor tomonidan 9710 –«Favqulodda olingan foyda»
va 9720-«Favqulodda ko’rilgan zarar» schyotlar ma’lumotlari o’rganiladi.
Shuningdek, auditor «Nizom»ning 1-ilovasiga muvofiq soliqqa tortiladigan bazaga qo’shilishi
lozim bo’lgan, moliyaviy faoliyatga doir sarflarni ham tekshirishi zarur. Bunday sarflarga:
-
qisqa muddatli bank kreditlari, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan
ssudalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
tomonidan belgilangan hisob
stavkalari oshgan to’lovlar;
-
uzoq muddatli bank kreditlari bo’yicha to’lovlar;
-
qimmatli qog’ozlarni chiqarish bilan bog’liq sarflar;
-
qimmatli qog’ozlar muddatidan oldin to’lash munosabati bilan vujudga kelgan salbiy
diskont, agar bu byudjetga qarzlarni to’lash bilan bog’liq bo’lmasa.
Auditor moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda
(ko’rilgan zarar)larni tekshirishning barcha jihatlarini o’zining ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi.
Dostları ilə paylaş: