oshirilgan barcha operatsiyalarni to’liq tekshirish imkoniyati mavjud emas. Lekin auditor schetlar
qoldiqini tashkil etadigan asosiy hajimning batartibligi (akkuratnost) xaqida xulosalar qilishi lozim.
Har bir auditorlik tekshiruvida ichki nazoratni testlash yoki schetlar qoldig’ini bevosita tekshirish
uchun tanlab olishning ayrim shakllari mavjud bo’ladi, chunki auditor
doimiy ravishdan mumkin
qadar etarlicha ishonchli dalillar yig’ishga xarakat qiladi. Auditor bosh to’plam to’g’risida ishonchli
xulosa chiqarish uchun riskni pasaytirmoqchi bo’lsa tanlash bosh to’plam uchun reprezentativ
bulmog’i kerak. Tanlashning reprezentativ bo’lish ehtimolini oshirish uchun u etarlicha miqdorga
ega bo’lgan va muvofiq keladigan bosh to’plamdan olinishi lozim.
Auditning umumlashtirilgan dasturiy ta’minoti (AUDT). Bu dasturiy ta’minotlar aynan
auditorlar uchun ishlab chiqilgan. AUDTdan 100% muvofiq bosh to’plamnini
testlashni
soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun foydalanish mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori
bo’lgan ma’lum soxalarga yoki operatsiyalar toifasiga e’tiborni qaratishga yordam beradi. AUDT
dasturiy ta’minoti ma’lumotlarni o’qish, ishlov berish va yozish uchun yaratilgan. Auditorlar
AUDTdan mijozning kompyuterlashtirilgan ma’lumotlarini yuklab olishda foydalanishlari mumkin:
shundan keyin dasturiy ta’minot ma’lumotlarga nisbatan ko’p yo’llar orqali ulanishi mumkin.
Masalan, ma’lumotlar ko’rib chiqilishi,
ajratilishi, umumlatirilishi, stratifikatsiyalanishi,
tahlil
qilinishi va tanlab olish uchun foydalanilishi mumkin. Auditorlarni qiziqtiradigan AUDTning
boshqa funktsiyalari tarkibiga dublikat elementlarni, jumladan dublikat schet –fakturalar,
sanalar
orasida uzilishlar va chek nushalari ma’lumotlaridagi uzilishlarni aniqlashni o’z ichiga oladi.
Amaliyotda siz AUDTni hammaga ma’lum bo’lgan Excel elektron jadvaliga o’hshatishingiz
mumkin, lekin auditorlar Excel jadvallaridan ham AUDTga qo’shimcha ravishda foydalanishadi.
Bugungi kunda AUDT, Excel elektron jadvallari va ma’lumotlarni boshqarishning boshqa
zamonaviy vositalaridan deyarli hamma auditorlik tekshiruvida foydalaniladi.
17-jadval.
Dostları ilə paylaş: