Minoritar aksiyadorlar ulushlari kamayishi hisobiga yirik aksiyadorlar paydo bo’lishi, natijada investitsiyalar sifatidagi moliyaviy resurslar jalb qilinishi susayishi kuzatilmoqda. Chunki yirik investorlar korporativ manfaatlari ila kompaniyalarda ustuvor mavqeni egallab, tashqi portfel investitsiyalar oqimiga to’sqinlik qiladilar, bu esa yangi emissiyalarga (ayniqsa IPO mexanizmini joriy qilinishini) yo’l bermaydi, listing darajasidan uzoqlashtiradi, qimmatli qog’ozlarning ochiq birlamchi va davomiy uzluksiz ikkilamchi bozori rivojiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi.
Bank tizimi modeli anglo-sakson modelidan farqli ko’proq Germaniyadagiga o’hShash modelga asoslanganligi banklarni moliya bozor-larida to’liq qonli investitsion va kredit operatsiyalarning tashabbuskori va katalizatori sifatida faollik qilishiga to’sqinlik qilmoqda.
Sug’urta tizimi hali yaxshi rivojlanmaganligi va investitsion resurslari kamligi, hamda fond bozorida to’g’ridan to’g’ri portfel investitsiyalar bilan
shug’ullanmaganligi sabali, ular na korporativ boshqaruv tizimida, na birlamchi va ikkilamchi bozorlarda faolligi sezilmayapti.
Budjetdan tashqari fondlar faqat davlat qimmatli qog’ozlariga investitsiyalarqilish bilan cheklanganlar, aksiyalar bozori ular uchun juda riskli.
Investitsiya institutlari, ayniqsa investitsiya fondlari va kompaniyalarning investitsion resurslari hajmi va menejmenti sifati juda past, ular asosan xususiylashtirish mexanizmi omili ta‘siri ostida qolganlar.
Nisbatan ko’p vaqt davomida xususiylashtirilgan kompaniyalarda davlatning
ixtiyorida aksiyalarning yirik paketlari turib qolganligi va ularda korporativ boshqaruv va menejment (moliyaviy, administrativ va strategik) tizimi samarasiz qolganligi (unda asosan davlatning ishonchli vakillari sifatida davlat organlari xizmatchilari va ishonchli boshqaruvchi kompaniyalar davlat nomidan qatnashganlari samarasiz bo’lganligi), natijada restrukturizatsiya samarasiz amalga oshirilib, modernizatsiya qilinmay moliyaviy ahvoli borgan sari yomonlashib borganligi sabali, davlat resurslarining ko’p qismi strategik va spekulyativ portfel investorlarga sotilishi qiyin bo’lib kelmoqda, sotilsa ham yirik investorlarga ketmoqda, natijada salbiy holatlar yuzaga kelmoqda. Bunda banklar va boshqa moliya institutlarining investitsion faolligi sezilmay kelmoqda, xususiylashtirish organi esa hozirda ko’p mamlakatlarda samara berayotgan IPOmexanizmini qo’llash asosida davlat resurslarini samarali joylashtirishni joriy qilmayaptilar.
Kаpitаlni jаlb qilish hаmdа kоrхоnаlаr, mоliyaviy institutlаr vа аhоlining эrkin mаblаg`lаrini Jоylаshtirishning muqоbil mаnbаi сifаtidа mоliya bоzоrini rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn O`zbеkistоn Реspublikаsi mоliya bоzоrini o`rtа muddаtli vа uzоq muddаtli istiqbоldа rivоjlаntirish kоnsеpsiyasini ishlаb chiqish.
Xususiy mulkchilik tizimi va unga tayangan biznes yaxShi rivolanmay sustligicha qolmoqda. Bunda Ernando de Soto hulosa va ta‘kidlari o’z tasdig’ini topmoqda.
Kompaniyalarning bazaviy qimmatli qog’ozlari jalbdor va tovar bozorida raqobatbardosh bo’lmaganligi, davomiy uzluksiz barqaror ikkilamchi (spekulyativ) bozor yo’qligi sababli, bazisli qimmatli qog’ozlar (derivativlar) bozori shakllanishiga yo’l bermayapti.
Banklar va turli kompaniyalarda emission, dividend va investitsion siyosatlari menejmentining uyg’unlikdagi optimal balansiga erishish masalasiga ahamiyat berilmasdan kelinmoqda, natijada ular ichki va tashqi resurslarni samarali jalb qila olmayaptilar.
Davlat regulyativ institutlarining ko’p sonligi va tartiblash-tirish mexanizmlari bir-birlari bilan bir muncha nomutanosiblikda bo’lganligi (ularni uyg’unlikda birlashtiradigan bir butun yagona umummilliy makroregulyator yo’qligi) sabali, moliya bozori umuman olganda iqtisodiyotdagi o’z funksiyasini to’liq va samarali barishi qiyin kechmoqda, bunda esa bozor qatnashchilari o’z vazifalarini bajarishga to’liq qodir bo’lmaganicha qolmoqdalar.
Davlat qimmatli qog’ozlari turlari va hajmi nisbatan kamligi, ular bilan bog’liq operatsiyalarning sustligi, Markaziy bankning ochiq moliya bozorlaridagi operatsiyalari sezilarli emasligi moliya bozorini rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari mahalliy hokimiyatlar tomonidan munitsipal obligatsiyalar chiqarilmasligi qo’shimcha investitsion resurslar manbasidan foydalanmaslikka olib kelmoqda.