O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə13/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari


Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer11 vazifasini ham bajaradi. Ammo, boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari boshqarmaydilar. Ular bu vazifa (majburiyat)ni professionallarga (maxsus kasb egalariga) topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar (maxsus kasb egalari) mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar. Nimaga mulk egalari kompaniyani boshqarishni menejment bo‘yicha muta-xassislarga topshirishlariga, hech bo‘lmaganda, beshta sabab bor (3.2-rasm).
Birinchidan, o‘z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional mene-jerlarni topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pincha shunday bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va, shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi mushtaraklik talab etilmaydi.
Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib chiqamiz. Masalan, kinostudiya yoki televideniye tarmog‘ini boshqarish borasida yuqori



3.2-rasm. Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo‘- yicha mutaxassislarga topshirishining sabablari





11 “Menejer” inglizcha “manager” – boshqaruvchi. Korxona yoki kompaniya egalari bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchilar. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 579.
malakaga ega kishilar bu sohada o‘z biznesini tashkil etish uchun moliyaviy resurslarga va aksincha, buning uchun yetarlicha mablag‘ga ega badavlat kishi esa bu kabi tashkilotni boshqarish uchun zarur qobiliyatga ega bo‘lmasliklari mumkin. Shunday qilib, bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l shuki, malakali mutaxassislar filmlar yaratib, ularga prodyuserlik qiladilar va sota-dilar, badavlat kishilar esa bu biznesni zarur miqdorda kapital bilan ta’minlaydilar.

Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin