O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali



Yüklə 44,89 Kb.
səhifə3/10
tarix19.12.2023
ölçüsü44,89 Kb.
#186592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali-fayllar.org

2. Muomala vositasi. Pullardan tovarlar va xizmatlarni xarid qilish hamda sotishda foydalanish mumkin. Pullar muomala (yoki ayirboshlash) vositasi sifatida jamiyatni barterli (mavozali) ayirboshlashning noqu layliklaridan xalos qiladi. Pullar hamma joyda va osonlik bilan to'lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Ushbu ijtimoiy ixtiro resurslarning egalariga va ishlab chiqaruvchilarga alohida «tovar» (pullar) bilan haq to'lashga imkon beradiki, bunday alohida tovar keyinchalik bozorda mavjud bo'lgan har qanday tovarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin.Pullar tovarlar bilan ayirboshlashning qulay usuli bo'lish bilan jamiyatga mintaqaviy ixtisoslashuv va odamlar o'rtasidagi mehnat taqsimotining mahsullaridan foydalanish imkonini beradi. Tovarlar muomalaga kirishishigacha pullarda ideal baholanadigan birinchi funksiyadan farqli ravishda pullar tovarlar muomalasida real ishtirok etishi kerak. Pullarning muomalada real ishtirok etishi va ularning ayirboshlashdagi ishtirokining o'tkinchiligi muomala vositasi sifatidagi pullaming o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shu sababli to'laqonli bo'lmagan pullar — qog'oz va kredit pullar ham muomala vositasi funksiyasini bajarishi mumkin.
Hozirgi vaqtda kredit pullar deb ataladigan pullar: veksellar, banknotalar,cheklar, banklarning kredit kartochkalari pul muomalasida hukmron vaziyatni egallab turibdi.
3. To'lov vositasi. Pullaming bu funksiyasi kapitalistik xo'jalikda kredit munosabatlarining rivojlanishi tufayli vujudga keldi. Pullardan tovarlarning kreditga sotilishida to'lov vositasi sifatida foydalaniladi,buning zarurligi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning shart-sharoitlaribir xilda emasligi, ularni ishlab chiqarish va muomalasi muddatining turli xilligi, ishlab chiqarishning mavsumiy tusdaligi, shuningdek,ishchilarga va xizmatchilarga ish haqining to'lanishida foydalaniladi. To‘lov aylanishida elektron pullaming joriy qilinishi to'lovlarning tezlashishi, muomala xarajatlarining kamayishi va korxonalar rentabelligining osliishiga yordam beradi. Bunday tizim AQSHda 70-yillardan boshlab to‘lov munosabatlari mexanizmiga ayniqsa tez sur’atlar bilan joriy qilindi.
Avtomatlashtirilgan hisob-kitob palatalari, avtomatlashtirilgan kassir tizimi va xarid qilish punktida o‘rnatilgan terminallar tizimi ularning asosiyelementlari hisoblanadi. Elektron pullar negizida kredit kartochkalari paydo bo'ldi. Ular to'lovlarning naqd pullar bilan bajarilishini qisqartirishga yordam berib, naqd pullar va cheklarning o'mini bosadigan hisob-kitoblar vositasi bo'lib xizmat qiladi. Kredit kartochkalarining ahamiyati shundaki,ulardan foydalanish naqd pullar ishlatiladigan sohani toraytiradi, tovarlar va xizmatlarni sotishda hamda iqtisodiyotdagi tanazzul holatlarini bartaraf etishda kuchli stimul bo'lib hisoblanadi.

Yüklə 44,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin