O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali



Yüklə 44,89 Kb.
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü44,89 Kb.
#186592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali-fayllar.org

4. Jamg'arish vositasi. Pullar ularning egasiga har qanday tovarni olish huquqini ta’minlash bilan ijtimoiy boylikning umumiy timsoli hisoblanadi. Shuning uchun odamlarda ularni to'plash va jamg'arishga intilish paydo bo'ladi. Iqtisodiy subyekt o'z mahsulotiga haq to'lanishi evaziga pullarni olish bilan muayyan «sof boylik zaxirasi»ni yaratadi.Bunday zaxira qisqa muddatli (agar individ pullarini kelgusida xarid qilish yoki qarzini to'lash uchun saqlab qo'ysa) bo'lishi mumkin.Pullar jamg'arma vositasi funksiyasini bajaradi, shuning uchun ular buni eng qulay shaklda jamg'arishga imkon beradi. Pullar eng likvidli,ya’ni sarflash uchun eng oson tovar bo'lganligi sababli ular boylikni saqlashning eng qulay shakli hisoblanadi. Bunda shuni qayd qilamizki, inflatsiya sharoitida bunday afzallik muayyan tarzda yo'qoladi va pullaming qadrsizlanishini hisobga olish zarurati vujudga keladi. Pullarga egalik qilish, ularni saqlash, qimmatli qog'ozlami (aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilarni) saqlashdagi kabi miqdorda pul daromadini olib kelmaydi. Biroq pullar shunday afzallikka egaki, ular korxona tomonidan yoki uy xo'jaligida har qanday moliyaviy majburiyatni qondirish uchun hech qanday to'siqsiz ishlatilishi mumkin.Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pullaming to'plash va jamg'arish vositasi sifatidagi funksiyasi ham oshib boradi. To'plash va jamg'arishsiz takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirib bo'lmaydi.Ko'proq foyda olishga bo'lgan intilish tadbirkorlarni pullarni xazinasifatida saqlamaslik, balki ularni aylanishga sarflashga majbur qiladi.
Metall pullar muomalasi sharoitida markaziy emissiya banklari ichki pul muomalasining zaxiralari shaklida oltin zaxiralarga ega bo'lishi shart edi. Hozirgi vaqtda oltinni muomaladan chiqarilganligi, banknotalarnlng oltinga almashtirilishi to‘xtatilganligi va oltin paritetlarning bekor qilinganligi, ya’ni asl metallning xalqaro aylanishdan chiqarilganligi sababli markaziy bank oltin zaxirasining barcha bufiday funksiyalari bekor bo'ldi, Shu bilan birga, oltin strategik zaxira,sifatida markaziy bapklarda saqlanishda davom etmoqda.

Yüklə 44,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin