46
b) subyekt uchun majburiyatning bajarilishi shartligi va qariyb muqarrarligi;
v) oldingi bitim yoki voqealar natijasi bo‘lishi.
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo‘lib ko‘rsatiladi.
Aktivda: I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo‘lim. Joriy aktivlar.
Passivda: I bo‘lim. O‘z mablag‘larining manbalari va II bo‘lim. Majburiyatlarga
bo‘linadi.
Balans ko‘rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlab olish
mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig‘indisiga teng. Хo‘jalik
yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng.
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag‘lar turi yoki ularning manbai
balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy
vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot», «Hisob-kitob
schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining
taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan qarzlar»
va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining
tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab
aktivda ham, passivda ham mablag‘larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda
ko‘rsatiladi, ya‘ni aktivda - turlari bo‘yicha, passivda - manbalari bo‘yicha.
Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so‘zi tenglik, barobarlikni
anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so‘zi bilan
belgilanadi.
Balans korxonaning xo‘jalik mablag‘larini ma‘lum bir sanaga tavsiflab, uning
o‘tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, balans korxona mablag‘larining turlari va ularning manbalari haqidagi
muhim axborotga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari
to‘g‘risidagi hisobotdir.
Dostları ilə paylaş: