ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisobla-nadi. Ikkinchi bir joyda qayd
qilinishicha,
tovar qiymati mehnat va er ishtirokida yaratiladi
. Ya’ni
U.Pettining o’zi ayt-ganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning
qiymati qandaydir er miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga
teng, chunki har ikkalasi – kema ham, kamzul ham – er va inson
mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko’rinib turibdiki, U.Pettida tovar
bahosi asosida
sarfli mexanizm yotadi
.
Daromadlar nazariyasi.
Ishchilarning daromadlari, pul kapi-tali va
er egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti aytib o’tgan qoidalar
keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari
uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ish-chining daromadi sifatidagi
ish haqini mehnatning bahosi
deb hisobladi va uning darajasini
ishchining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan
ifodaladi. U.Petti,
har bir ishchi
«yashash, mehnat qilish va ko’payishi
uchun»
kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy
jihatdan isbotlab bermoqchi bo’ldi: agar ishchiga ko’rsatilgan
minimumdan ikki baravar ko’p haq to’lansa, u chog’da ishchi ikki marta
kamroq ishlaydi. bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy
berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to’g’risidagi mazkur qoidasi
«klassik maktabning» ko’pchilik vakillari nazariy tadqiqot-larining
asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin, D.Rikardo va T.Maltus
ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab
,
uni ishchining va
uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan
bog’lab tushun-tirganlar.
Tadbirkorlar va er egalari daromadlari U.Petti o’zi umum-
lashtirgan tushuncha – “renta” sifatida tavsiflanadi. U, masalan,
dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga
ketgan xarajatlar o’rtasidagi farqni renta deb atagan (ya’ni tuproq
unumdorligiga bog’liq bo’lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda
foizining kelib chiqish mohiyatini ko’rib chiqqach, U.Petti
soddalashtirib, bu ko’rsatkich “ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi
mumkin bo’lgan muayyan er maydonidan olinadigan rentaga teng”, deb
atadi.
Yana bir joyda er uchastkasining bozorga
uzoq-yaqin joylashi-
shidan kelib chiqadigan renta shakli ko’rsatib beriladi. Aholi yashash
joylariga yaqin joylashgan er uchastkalaridan nafaqat yuqo-ri renta
olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday unumdor,
lekin aholi turarjoylaridan ancha uzoq bo’lgan erlarga nisbatan ko’p
bo’ladi.
49
Shu bilan U.Petti er bahosini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan
muammoni echib berishga uringan. Lekin bu erda ham olim mazkur
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, erning bahosi bir
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo’lishi kerak. Ammo u bu
miqdorni ilmiy
jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni erning bahosini
keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko’paytirish mumkin bo’lgan
sonni topa olmadi. Bu savolni echish uchun U.Petti rentani 21 yilga
ko’paytirishni tavsiya etadi. Negaki, uning tasdiqlashicha, faqat uch
avlod vakillari: buva (50 yosh), o’g’il (28 yosh) va nevara (7 yosh) -
birgalikda 21 yil yashashlari mumkin. Shu-ning uchun muayyan er
uchastkasining qiymatini tashkil etuvchi bir yillik renta summasi o’sha
uch avlod kishilarining birgalikda yashash yiliga teng bo’lishi kerak.
Shu sababli erning qiymati ham taxminan shuncha miqdordagi yillik
rentalarning summasiga teng.
Shu bilan birga, uning er bahosini aniqlashdan
kelib chiqa-digan
ssuda kapitali bilan erdan olinadigan yillik renta o’rtasidagi o’zaro
bog’liqlik g’oyasi iqtisodiy fikrlarning rivoj-lanishida ijobiy rol o’ynadi.
Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o’tadi. Ma’lum ma’noda xuddi
shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi.
Uningcha, birorta kapitalist er uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi
mumkin bo’lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo’lgan pul
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta er
egasi o’z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul
summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o’sha summadan ko’pini ham
ololmaydi, negaki bunday summani to’lashga rozi bo’lgan kapitalistga
birda-niga juda ko’p er uchastkalari taklif qilinadi.
Dostları ilə paylaş: