O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Dj. Ergashxodjaeva, M. S. Qosimova


 Tovarning yashash davri va uning bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/171
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202128
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171
Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019

9.3. Tovarning yashash davri va uning bosqichlari 
Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq etishga 
tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, 
to uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan 
tadbirlardan iborat konsepsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash davri 
konsepsiyasini 1965- yili Teodor Levitt tomonidan e’lon qilingan. 
Tovarning yashash davri to‘rt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining 
yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qo‘llash usullarining yashash davri, 
mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, 
mahsulot turiga esa, qo‘l va osma soatlarni keltirish mumkin, qo‘llash usullariga 
ko‘ra esa qo‘ng‘iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin. 
Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to‘rtta tipi o‘rganiladi, firma 
doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko‘proq e’tibor beriladi. Birinchisi shu sinfga 
mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to‘rtinchisi esa, raqobatchi firmaning 
mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo‘lganda qo‘llaniladi. 
Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi.
1.ishlab chiqarish; 
2.kirib kelish; 
3.o‘sish; 
4.etuklik; 
5.to‘yinish; 
6.inkiroz (kasodlik). 


156 
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga 
kirib kelishining uzoq davrini boshidan kechiradi, boshqasi tezda kirib keladi, 
tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi. 
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot 
sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir. 
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida 
muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali amalga 
oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo‘yicha bozor talabi va xaridor ehtiyojini 
firma vaqt bo‘yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda xarajatlar shuncha kam 
bo‘ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur foydani oladi. 
Kirib kelish bosqichida sotish hajmining g‘oyat keskin o‘sishi bilan ajralib 
turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo‘ladi. Savdo 
yuqori daromadli guruhlarga mo‘ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz. 
SHunday qilib, bu davr kapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik 
foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan bo‘lsa, 
ular to‘liq xarajatlar hisobiga o‘tkaziladi, ya’ni hisobdan o‘chiriladi. 
O‘sish davrida tovar sotish hajmi o‘sib boradi- iste’molchilar mahsulotni qabul 
qilgan va unga bo‘lgan talab ta’minlangan bo‘ladi. Har qanday mahsulot bu 
bosqichga etib kelmaydi: ko‘plari bozorga kirib kelish davridayoq kasodga uchraydi. 
Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan to‘lib ketadi. Narxlar tobora 
arzonlashib boradi. 
Etuklik bosqichi tovar aylanmasini maksimallashtirish, bozorni kengayishini 
davom etishi va absolyut o‘sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar 
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat 
hukm suradi. YAngi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruhini 
kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko‘rsatish uslublarini kiritish intensiv 
innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi. 
Mahsulotni etuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni 
modifikatsiyalash, tovarni modifikatsiyalash va marketing-miksni modifikatsiyalash 
bo‘lib hisoblanadi. 


157 
To‘yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi. 
Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib 
chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. To‘yinish davrida firmaning 
umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo‘yicha to‘liq sotishni tobora oshirib 
borishni ta’minlashga qaratiladi. 
Inkiroz davrida mahsulotning o‘tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar 
maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot tayyorlashni 
davom ettirishdan iborat» bo‘ladi, mahsulotni bozorga etkazib berishni to‘xtatish 
haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo‘lgan jami foydani sikib 
olish uchun shunday qilinadi. 
Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda 
katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin