198
Shaxsiy sotuv - bu «o‘lchalik» kommunikatsiya yakka ikki tomonlama bo‘lib
(dialog) maqsadi mijozni to‘xtovsiz tarzda harakatga keltirishga undashdan iborat.
Bir vaqtning o‘zida firma uchun axborot manbai hamdir.
Savdoni avj oldirish - shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni to‘ldiruvchi hamma
tovarni sotishni tezlashtirish va ma’lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha
choralarni o‘z ichiga oladi.
Jamoatchilik bilan aloqa - aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar tashkilot va uning
turli auditoriyalari orasida, o‘zaro bir-birini tushunish va ishonchli ruhiy holat
yaratishga xizmat qiladi. Bu erdagi kommunikatsiyaning maqsadi faqat sotishgina
emas, balki firma faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamdir. Bu an’anaviy muloqot
vositalaridan tashqari quyidagi bevosita kommunikatsiya turlari: salonlar,
yarmarkalar, ko‘rgazmalar, pochta orqali tarqatish, telemarketing, kataloglar orqali
savdo ham mavjud.
Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib hisoblanadi.
Korxona o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ
jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majburdir. Korxona tovar bilan raqobatlashib
kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya’ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va
xaridorlari e’tiborini erishishga kurashib jalb etiladi.
Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi
faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning uchun korxonadan
tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va
rivojlantirish talab qilinadi.
Integratsiyalangan
kommunikativ
jarayonning
xususiyati
bo‘lib,
kommunikatsiya vosita va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli-tumanligi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: