9.2. Vaqt muammosi va Marshall xochi
Iqtisodiy tahlilda asosiy muammolardan biri bu ta‘sir etayotgan
omillarning natijaga ta‘sir qilishiga ko‗p vaqt ketishidir. Qisqa vaqt
mobaynida ta‘sirlarni to‗g‗ri tushuntiruvchi har qanday tahlil yoki
xulosa uzoq muddat uchun noto‗g‗ri bo‗lishi mumkin. Marshallning
ceteris paribus usulidan foydalanishi uning vaqt bilan ishlash usuliga
mos keladi. Bozorda ba‘zida bir zumlik vaqt yoki juda qisqa muddatda
ko‗p omillar o‗zgarmas tarzda ushlab turiladi. Keyinchalik esa bir
zumlik vaqtdan qisqa muddatga, uzoq muddatga va juda uzoq muddatga
o‗tish jarayonida o‗zgarmas miqdorlar ham o‗zgartiriladi. Vaqt o‗tishi
talabga bir oz ta‘sir qiladi, ammo bu taklif tahliliga ancha putur
yetkazishi mumkin.
Vaqt oqibatida yuzaga kelgan muammolarni ko‗tarib, Marshall 4 ta
vaqt davrlarini belgilab berdi. Marshall uning farqlari butunlay sun‘iy
bo‗lganligini tan oldi. ―Haqiqiy hayotning iqtisodiy sharoitlarida tabiat
ular orasiga hech qanday chiziqlar chizmagan‖. Marshallning vaqt
tushunchasi soat vaqtlari bilan o‗lchanadigan xronologik vaqt emas, u
asosan tahliliy qarashdir. Vaqtlarga bo‗lish firmaning yoki taklifning
iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan ta‘riflanadi. Bir zumlik davrda taklif
umuman o‗zgarmas yoki mukammal noegiluvchandir. Narx o‗zgarganda
taklif miqdori umuman o‗zgarmas, chunki narxning o‗zgarishiga
firmalar moslashishi uchun vaqt juda qisqa. Qisqa davr bu firmalar
mahsulot ishlab chiqarishni hamda taklifni o‗zgartira oladigan, ammo
zavodni ko‗paytira olmaydigan vaqt hisoblanadi. Bu yerda taklif biroz
egiluvchan. Chunki baland narxlar taklif miqdorini oshiradi va taklif egri
chizig‗i tepaga yuqoriga ko‗tariladi. Qisqa davr mobaynida firmaning
umumiy xarajatlari ikkita tarkibiy qismga bo‗linadi: ishlab chiqarish
hajmi bilan o‗zgaradigan xarajatlar, ya‘ni Marshall ularni maxsus,
to‗g‗ridan to‗g‗ri yoki asosiy xarajatlar, deb atagan va zamonaviy
nazariya fanida ularni o‗zgaruvchi xarajatlar, deb ataymiz. Ishlab
chiqarish hajmi o‗zgarishi bilan o‗zgarmaydigan xarajatlarni Marshall
196
qo‗shimcha xarajatlar, deb atagan va zamonaviy nazariyada esa uni
doimiy xarajatlar, deb ataymiz. Qisqa davrdagi o‗zgaruvchan xarajatlar,
va doimiy xarajatlar o‗rtasidagi farq shubhasiz Marshallning biznes
jarayonlarini kuzatishidan kelib chiqqan. Bu metodologiya firma
harakatlarini tahlil qilishda muhim tahliliy vosita hisoblangan. Uzoq
davrda zavod hajmi o‗zgara oladi va hamma xarajatlar o‗zgaruvchan
bo‗ladi. Taklif egri chizig‗i uzoq davrda qisqa davrga qaraganda ko‗proq
egiluvchan bo‗ladi va firmalar zavodlarni ko‗paytirish orqali narxlar
o‗zgarishiga to‗liq moslasha oladilar. Sanoatda uzoq muddatli taklif egri
chizig‗i 3 ta umumiy shaklga ega, ya‘ni u tepaga va o‗ng tomonga
siljishi mumkin (xarajatlar oshishi mumkin); u butunlay egiluvchan
bo‗lishi mumkin (xarajatlar doimiy bo‗lishi mumkin) yoki noodatiy
hollarda u pastga va o‗ngga siljishi mumkin (xarajatlar tushishi
mumkin). Azaliy yoki juda uzoq davrda texnologiya va aholi soni
o‗zgarishi mumkin, shuning uchun Marshall narxlarning harakatini
avloddan avlodga o‗tish davrida tahlil qilayatgan paytda bunday davrni
ishlatadi.
Marshall mikroiqtisodiy nazariyaning deyarli har bir qismiga o‗z
hissasini qo‗shgan bo‗lsa ham, uning nazariyaga qo‗shgan eng buyuk
hissasi vaqtning taklifga ta‘sirini tahlil qilishidir. U narx tahlillarida
vaqtning ta‘sirini aniqlashda bir qancha asosiy qiyinchiliklarni topdi va
u keyinchalik hayotida bu sohada ishlash uchun ko‗p mashaqqat kerak
ekanligini isbotladi. 1908-yilda J.B.Klarkga yozilgan maktubda u
oldinda yana beshta mavzu bo‗yicha ko‗p ishlar turgani haqida yozib,
―Vaqtning ta‘sirini puxta ishlab chiqish‖ ni ro‗yxatining boshiga qo‗ydi.
XIX asrning oxirgi choragi davomida iqtisodchilar o‗rtasida bahoga
talab va taklifning ta‗siri masalasi alohida o‗rganila boshlandi. Klassik
iqtisodchilardan J.S.Millning tamoyili taklifga urg‗u berardi, biroq
Jevons, Menger va Valraslar talabni asosiy o‗ringa qo‗ydi. Jevons va
boshqalar baho faqat talabga bog‗liq, degan fikrni uzoq ma‘qullashdi.
Mavzudagi bu bahs-munozaraning ta‘sirini Marshallning qiyosiy narxlar
nazariyasi orqali ifodalash qiyin ish edi. Marshall o‗zining klassik va
Me‘yoriy naflilik maktablarining vaziyatlarini murosaga kelitirshga
harakat qilgan talab va taklif tahlillariga bo‗lgan tanqidlardan xafa
bo‗ldi. Uning fikricha u faqatgina tinchlikni emas, balki haqiqatni ham
izlagan. Bundan tashqari uning talab va taklif tahlillari Jevons, Menger
va Valraslar bu mavzuda yozishni boshlashidan oldin shakllantirilgan
edi.
197
Marshall mahsulotning narxini me‘yoriy naflilik belgilab beradimi
yoki ishlab chiqarish xarajatlarimi, degan savol ustidagi bahs-
munozaralarni vaqtning ta‘siri va iqtisodiy omillarning o‗zaro
bog‗liqligi haqida aniq tushunchaga ega bo‗lish orqali hal qilanadi,
degan fikrda edi. Pirovard tovarlarning talab egri chizig‗i pastga va
o‗ngga siljib boradi, ya‘ni odamlar ko‗p miqdordagi tovarlarni arzon
narxlarda sotib oladi. Taklif egri chizig‗ining shakli tahlillar ostidagi
vaqt davriga bog‗liq bo‗ladi. Vaqt qancha qisqa bo‗lsa, narx
aniqlashdagi talabning ahamiyati shunchalik muhim bo‗ladi, vaqt
qancha uzunroq bo‗lsa, taklifning ahamiyati ko‗proq muhim bo‗lib
boradi. Uzoq muddatda o‗zgarmas xarajatlar sharoitida taklif butunlay
egiluvchan bo‗ladi, shuning uchun narx faqatgina ishlab chiqarish
xarajatlariga bog‗liq bo‗ladi. Shunday bo‗lsada, narxni talab aniqlaydimi
yoki taklif, degan mavzuda bahslashish foydasizdir. Marshall omil oddiy
narsa emasligini va har qanday o‗zgarishga faqatgina bitta omil ta‘sir
etadi, deyish
noto‗g‗ri
ekanligini
ko‗rsatish
uchun
quyidagi
o‗xshashlikni keltirdi:
―Biz tovarning qiymatini naflilik shakllantiradimi yoki ishlab
chiqarish xarajatlarimi, degan muammoni bir bo‗lak qog‗ozni
qaychining tepadagi tig‗i kesadimi yoki pastdagisi, degan muammoga
o‗xshatishimiz mumkin. Qaychining bir tig‗i ushlab turilgan holda
kesish boshqa tig‗i tomonidan ta‘sir qilishi aniq, biz ehtiyotsizlik bilan
kesish ikkinchi tig‗i tomonidan bajarilyapti, deyishimiz mumkin, ammo
bu holat qat‘iy to‗g‗ri emas va bu shunday bo‗lgandagina to‗g‗ri
hisoblanadi. Lekin ilmiy jihatdan faqatgina bir tig‗i qog‗ozni kesyapti,
deyish noto‗g‗ri‖.
Marshall o‗zining me‘yoriy tahlili ko‗p iqtisodchilar tomonidan
noto‗g‗ri qo‗llanishini ta‘kidlagan. U boshqa iqtisodchilar go‗yo
me‘yoriy qiymat (narx, foyda yoki unumdorlik) butun qiymatning
hammasini belgilab beradi, deb hisoblaydilar, deb yozadi. Masalan,
pirovard tovarning narxini tahlil qilayotganda me‘yorli naflilik yoki
me‘yoriy xarajat bahoni belgilaydi, deyish to‗g‗ri emas. Me‘yoriy
tahlilchilar ―biz butun bahoni keltirib chiqaruvchi kuchlarning harakatini
o‗rganish uchun me‘yoriy tahlildan foydalanishimiz kerak‖ deb taklif
bildiradi. Me‘yorli naflilik yoki me‘yoriy xarajatlar narxni belgilamaydi,
ularning qiymati narx bilan birga me‘yoriy miqdorlarga ta‘sir etuvchi
omillar tomonidan aniqlanadi. Bu yerda Marshall o‗zining qarashlarini
to‗g‗ri o‗xshashlik bilan ko‗rsatib berdi. Jevons narx aniqlaydigan
elementlarni, ya‘ni foyda, narx va bahoni alohida o‗rganishga harakat
198
qildi. Lekin u yagona omil topaman, deb adashdi. U jarayonni zanjirli
jarayon, deb bildi, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot taklifini
keltirib chiqaradi, taklif me‘yori naflilikni aniqlaydi va me‘yoriy naflilik
narxni belgilaydi, deb o‗ylagan. Marshall bu elementlar o‗zaro bir-biriga
ta‘sir qilishini e‘tibordan chetda qoldirdi, deb o‗ylab adashganligini
ta‘kidlaydi. Agar biz kosaga uchta koptokni joylashtirsak, biri me‘yoriy
naflilik, ikkinchisi ishlab chiqarish xarajatlari va yana biri narx bo‗lsa,
har qaysi koptokning vaziyati boshqalarining vaziyatini keltirib
chiqaradi, deyish noto‗g‗ri. Ammo koptoklar o‗zaro biri boshqasining
vaziyatini aniqlashi to‗g‗ri. Shuning uchun talab, taklif va narx bir-biriga
me‘yoriy miqdorlarda o‗zaro ta‘sir ko‗rsatadi va bir-biriga nisbatan
o‗zlarining tegishli bahosini aniqlaydi.
Marshall o‗zining narx nazariyasini tubdan Rikardonikiga
o‗xshaydi, deb ta‘kidlaydi. Marjinalistlar norozi bo‗lishiga qaramasdan,
u Rikardo talabning ahamiyatini anglab yetgan, ammo unga kam e‘tibor
bergan, chunki uning ta‘sirini tushunish oson, deydi, u o‗zini narxni
aniqlashda taklif tarafini tahlil qilishga bag‗ishlagan, deb ta‘kidlaydi.
Marshall
Rikardoning
qiymatning
ishlab
chiqarish
xarajatlari
nazariyasida ishchi kuchi va kapital xarajatlariga bo‗linganligini topdi.
Iqtisodiy nazariyaning ko‗p tarixchilari buni Rikardo xususidagi
sahovatli talqin, deb hisoblaydilar. Marshallning fikricha, qiymat
nazariyasida Rikardoning asosiy kamchiligi vaqtning ta‘sirini ochib bera
olmaganligidadir, o‗zining fikrlarini aniq ifoda qila olamsligi esa bu
muammoni yanada kuchaytirgan. Marshall Jevons va boshqa
marjinalistlarning Rikardoning qiymat nazariyasini to‗liq tor-mor etdik,
faqatgina talabga e‘tibor berish orqali to‗g‗ri nazariyani ishlab chiqdik,
degan ta‘kidlarini rad etgan. U o‗zining qo‗shgan hissasini Rikardo
fikrlarining davomi va kengaytirilgan varianti sifatida ko‗rdi. Marshall
o‗zining ishlanmalarida Rikardoning qiymat nazariyasining asosiy
tamoyillarini o‗zgarishsiz qoldirganligini his qildi. Biz Marshallning
qiymat nazariyasini baholashga uning boshqa fikrlarini ko‗rib
chiqqandan keyin qaytamiz.
Dostları ilə paylaş: |