Kurs ishi Mavzu; O`simliklarning mineral oziqlanishi. Makro va m-fayllar.org
Fosfor almashinuvi. Fosfor jadal oksidlanuvchi bo’lmaganligi tufayli tabiatda erkin holda uchramaydi. Tabiiy fosforitlar tarkibidagi fosfor miqdori 5-35% gacha yetadi.
Ftorapatit 2Ca5(RO4)3F xlorapatit 2Ca5(RO4)3SI deb ataladigan fosforitlar fosforli o’g’itlar ishlab chiqarishda asosiy hom ashyo hisoblanadi. Fosfor o’simlikning ildiz
tizimiga ortofosfat kislotaning (N2RO-4 , N2RO2-4, -RO3-4) anionlari ko’rinishida kelib tushadi. U hujayrada qaytarilmaydi, barcha birikmalar tarkibiga faqat oksidlangan shakilda kiradi va har qanday sharoitda ham o’zini oksidlang anlik darajasini o’zgartimaydi. Shu xususiyatlari bilan azot va oltingurgut almashinuvidan farq qiladi.
1.Fofsforlanish; OН/R - OH + РO3-4 → R - O ≈ Р = O\OН O//R - СOOН + РO3-4 → R - С OН\ /O ≈ Р = O\OН
2.Transfosforlanish;
ATF + glyukoza →Gl.f-fat + ADF
ADF + ADF → ATF + ADF
Kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda organizmdagi fosforni barcha o’zgarishlari fosfat kislota qoldig’ini birikish yoki ko’chib o’tishiga ya’ni, fosforlanish yoki transfosforlanishiga olib keladi. Organik moddaga fosfat kislota qoldig’i qo’shilishi fosforlanish deb ataladi. Fosforlanish yoki transfosforlanish jarayonlari hujayrani hayoti uchun zarur bo’lgan fosforli birikmalar va energiya bilan ta’minlaydi.
Glikolizda ≈ R energiyasi = 14 kDj/mol ga teng;
AMF → 14 kDj/ mol ga teng;
ADF → ATF 3O,6 kDj / mol.
СН2 OН
| /
С-O ≈ Р = O фосфоенол пируватда → 60,7 кДж/мол
| \
OН
СOOН
Ayrim fosfor-organik birikmalarga bir yoki ikki molekula fosfat kislota qoldig’i qo’shilganda makroergik (≈) bog’li birikmalar hosil bo’ladi.
Masalan, adenozindifosfat (ADF) molekulasida ikkita, adenozintrifosfat (ATF)molekulasida uchta fosfat kislota qoldig’i qo’shilishidan hosil bo’lgan. ADF da bitta,
ATF da ikkita makroergik bog’ bo’ladi. ADF va ATF molekulalari moddalar almashinuvi jarayonida muhim o’rinni egallaydi, ya’ni energiyani to’plash va berish funksiyasini bajaradi.
Tirik organizmlarda RO4 anioni,adenin asosi bilangina bog’lanmasdan, balki, sitozin (S), timin (T), guanin (G) va uratsil (U) asoslari bilan birikkanligidan, bu asoslar ham energiyaga boy di- va trifosfat formalarida sintezlanadi. Shulardan GTF energiyasi oqsillarni, STF energiyasi yog’simon lipidlarni va UTF uglevodlarni sintezlashda Carflanadi. Yuqorida ko’rCatib o’tilgan energiyaga boy birikmalar ATFenergiyasi hisobiga sintezlanadi.
O’simlik organizmining hayot faoliyatida fosforlanish jarayonlari muhim o’rin tutadi. Fosforlanish reaksiyalari tufayli, hujayra ishlashi uchun zarur bo’lgan boy energiya, nafas olish va fotosintez jarayonlarida kelib chiqadi.
Shuning uchun o’simlik organizmida fosfor aylanishi muammosi-bu bir vaqtni o’zida energiyani o’zgarish muommosi ham hisoblanadi.
Fosfor oqsillarni fosforlanishida ishtirok etadi, fosforlangan oqsillar hujayrani bo’linishida, differensiyalanishida, RNK va oqsillar sintezida ishtirok etadi.
Fosforning Ca, Mg, K tuzlari 6 atomli spirt inozit bilan birikib, zaxir modda shaklida fosfor-organik birikma fitin sintezlanadi. Fitin fosfor zaxirasini 5O% ini tashkil qiladi.
Anorganik fosfor zaxiralaridan anorganik polifosfatlar shaklida bo’ladi.
Fosfor -RO3-4anionlari ko’rinishida ildiz orqali so’rilib simplast orqali ksilema naychalariga kelib tushadi va barglarga yetib keladi. Elaksimon naychalar orqali o’sish konusiga va yetilgan mevalarga boradi. O’simlik hujayralaridagi metabolik jarayonlarni reaksiyalari fosforga bog’lq. Fosfor taqchilligida fosfor -organik birikmalar parchalana boshlaydi, nukleinkislotalar sintezi susayadi. O’simlik yosh paytlarida fosforga o’ta sezgir bo’ladi.