O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Algoritmni blok-chizmalar ko‘rinishida ifodalash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/73
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210702
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
2.2. Algoritmni blok-chizmalar ko‘rinishida ifodalash 
Nisbatan murakkab masalalarni yechishda algoritmdan muayyan kompyuter 
tilidagi dasturga o‗tish juda qiyin. Bunday bevosita o‗tishda algoritmning alohida 
qismlari orasidagi bog‗lanish yo‗qoladi, algoritm tarkibining asosiy va muhim 
bo‗lmagan qismlarini farqlash qiyin bo‗lib qoladi. 
Bunday sharoitda keyinchalik aniqlash va to‗g‗rilash ancha vaqt talab qiladigan 
xatolarga osongina yo‗l qo‗yish mumkin.
Odatda algoritm bir necha marta ishlab chiqiladi, ba'zan xatolarni to‗g‗rilash, 
algoritm tarkibini aniqlashtirish va tekshirish uchun bir necha marta orqaga qaytishga 
to‗g‗ri keladi. Algoritm ishlab chiqishning birinchi bosqichida algoritmni yozishning 
eng qulay usuli - algoritmni grafik ko‗rinishda ifodalashdir.
Algoritm bosqichlar ketma-ketligini grafik jihatdan tasvirlab berish blok-
chizmalar deb ataladi. 
Blok-chizmalarning har bir qismi ma‘lum bir shakl ko`rinishdagi geormetrik 
figuralar bilan tasvirlanadi. Blok-chizma ANSI simvollari deb nomlanuvchi (Amerika 
milliy standartlar instituti) standart figuralaridan foydalanadi. Har bir figura bitta 
bosqichni ko`rsatadi va blok deb nomlanadi. 
Algoritmlashtirishda ko`p qo`llaniladigan 
bloklar
2.1-jadvalda keltirilgan. 


28 
2.1-jadval 
Algoritmlashtirishda ko`p qo`llaniladigan bloklar va ularning ta’rifi
7
 
- jarayon (bitta yoki bir guruh 
operatsiyalarni bajarish) 
- qaror qabul qilish (ma‘lum bir shartlar 
asosida algoritm yoki dasturni bajarilish 
yo`nalishini tanlash) 
- modifikatsiya (dastur, buyruqlarni 
o`zgartiruvchi operatsiyalarni bajarish)
- boshlash, tugatish. Ma‘lumotlarni 
qayta ishlash jarayonini boshlash
tugatish va to`xtatib turish uchun xizmat 
qiladi. 
- kiritish, chiqarish (ma‘lumotlarni 
qayta ishlash uchun kerakli bo`lgan 
shaklga keltirish(kiritish) yoki qayta 
ishlash natijalarini ro`yhatga olish 
(chiqarish)). 
- oqimlar chizig‗i. Simvollar orasidagi 
aloqalarning ketma-ketligini tasvirlab 
beradi. 

ulovchi. 
O`zaro 
bog‗laydigan 
simvollar asosida oqimlar chizig‗i 
o`rtasida uzilgan aloqalarni ko`rsatadi. 
7
R.Dadabayeva, 
Sh.Nasridinova, 
N.Shoaxmedova, 
L.Ibragimova, 
Sh.Ermatov. 
Axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar va tizimlar.-T.: ―Sano-standart‖ nashriyoti. O`quv qo`llanma. 2017. B. 255


29 
2.1-jadval (davomi) 
- oldindan aniqlangan jarayon. 
- xujjat. 
- magnitli disk. 
- betlarni o`zaro bog‗lovchi. 
Oqimlar chizig‗ining normal yo`nalishi bo`lib yuqoridan quyiga va chapdan 
o`ngga hisoblanadi hamda strelkalar(yo`naltiradigan) bilan belgilanmaydi. Boshqa 
barcha holatlarda strelkalar bo`lishi kerakdir. 
Bloklar raqami chiziqlar tasvirini uzgan holda blokning chap yuqori qismiga 
qo`yiladi. Bloklar harflar bilan yoki harf-raqam ko`rinishida belgilanishi ham 
mumkin (2.1-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin